Izoterma
Izoterma – geografik xaritalarda havo harorati bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq.
Izoterma – geografik xaritalarda havo harorati bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq.
Izobara – geografik xaritalarda havo bosimi bir xil bo`lgan nuqtalarni tutashtiradigan chiziq.
Izogiyeta – ma’lum vaqt (oy, yil, fasl va b.) da yog`inlar miqdori bir xil nuqtalarni birlashtiradi; izogips balandligi bir xil nuqtalarni birlashtiradi
Izobara – havo bosimi bir xil bo`lgan nuqtalarni birlashtiradi
Intruziv tog` jinslari – yer po`stida magmaning qotishidan hosil bo`lgan tog` jinslari. Bu jinslar magmadagi haroratning million yillar davomida asta-sekin pasayishi natijasida va undagi suv bug`i, xlor, ftorlar ishtrokida kristallanadi.
Immigratsiya (lotincha immigrans – o`rnashuvchi), muhojirlik- bir mamlakat fuqarolarining doimiy yoki vaqtincha yashash uchun boshqa mamlakatga kelishi.
Ilish – qishda uzoqroq cho`zilgan sovuq kunlardan keyin havo haroratining ko`tarilishi. Ilish ko`pincha iliq havo oqimi kelishi natijasida ro`y beradi. Agar ilishdan keyin havo yana keskin sovusa, yut bo`ladi.
Izotaxa – shamol tezligi bir xil nuqtalarni birlashtiradi.
Izochiziqlar – geografik xaritalarda, grafiklarda bir xil qiymatli miqdorlar (masalan, bosim, dengiz chuqurligi, harorat) ni birlashtiruvchi chiziqlar.
Izobaralar – grafik tasvirda (Masalan, geografik xaritalar, izobarik protseslar diagrammalarida) bir xil bosimli nuqtalarni birlashtiradigan chiziqlar.