IJTIMOIY MUHOFAZA TIZIMI
IJTIMOIY MUHOFAZA TIZIMI – aholining hayotiy muhim manfaatlari sohasi bo’lib, uning sifat va miqdor ko’rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi.
IJTIMOIY MUHOFAZA TIZIMI – aholining hayotiy muhim manfaatlari sohasi bo’lib, uning sifat va miqdor ko’rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi.
IJTIMOIY JIHATDAN YO’NALTIRILGAN BOZOR MUNOSABATLARI – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda davlat regulyativ funksiyalarining kuchli ifoda etilishi. Davlat siyosatida mamlakat aholisining ijtimoiy jihatdan himoyalanishiga alohida e’tibor … Read More
IJTIMOIY IXTILOFLAR – kishilar, ijtimoiy guruhlar, idoralarning o’zaro munosabatlari tizimida ziddiyatlar rivojlanishining yuqori bosqichidan iborat.
IJTIMOIY INSTITUT – odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkiliy tuzilma tarzida tashkil etishning barqaror shakli yoki normativ jihatdan tartibga solinadigan qoidalar tizimidan iborat.
IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR – kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuyi. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs … Read More
IJTIMOIY ISTE’MOL FONDLARI – maorif, sog’liqni saqlash, boshqaruv, mudofaa, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy sug’urta va boshqalar bo’lib, ularning asosiy qismi Davlat budjeti orqali amalga oshiriladi.
IJTIMOIY INVESTITSIYALAR – inson salohiyati, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar.
IJTIMOIY INFRATUZILMA – aholining turmush faoliyati, uning farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi turli muassasa va obyektlar majmuyi. Masalan, ta’lim muassasalari, dam olish va davolanish maskanlari, uy-joy, kommunal va maishiy xizmat ko’rsatish … Read More
IJTIMOIY HIMOYALASH FONDI – jamiyat a’zolari o’rtasida mehnatga to’lanadigan haqdan tashqari va mehnat haqiga qo’shimcha ravishda bepul yoki imtiyozli ravishda taqsimlanadigan mablag’ bo’lib, milliy daromadning bir qismidir. Ijtimoiy himoyalash fondining … Read More
IJTIMOIY HIMOYA – ayrim ijtimoiy guruhlarga har tomonlama yordam berish uchun yo’naltiriladigan davlat tadbirlari yig’indisi. Masalan, kompensatsiya, turli yengilliklar.