Internat-maktab
Internat-maktab-1) muayyan jismoniy nuqsonga ega bo’lgan bolalarning yashab ta’lim olishiga ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim maktabi; 2) aniq bir yo’nalishda bilim berishga ixtisoslashgan ta’lim muassasasi.

Intervyu metodi-o’quvchi bilan o’qituvchining yoki tadqiqotning o’qituvchi hamda o’quvchi bilan o’tkazgan suhbati.
Intervyu-respondentlar bilan bevosita og’zaki muloqat natijasida ijtimoiy va ruhiyatshunoslikka oid ma’lumotlar olish usuli.
Interaktiv usul-ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi faol hamkorlik, muloqot.
Intensiv ta’lim-jadal, tezkor amalga oshiriladigan o’quv jarayoni.
Intensiv-eng ko’p mahsul beradigan, serunum, sermahsul, masalan, intensive metod.
Intelligent-o’qimishli, zakovatli, madaniy kishi, zakiy, ziyoli.
Intellektuallik koeffitsenti-shaxsning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish ko’rsatkichi, bilim saviyasi.
Intellektual mulk-ijodiy, aqliy faoliyat mahsuli.