Issiqlik oqimi
Issiqlik oqimi – turli xil ichki va tashqi manbalardan xonaga kiradigan issiqlik energiyasi.
Issiqlik oqimi – turli xil ichki va tashqi manbalardan xonaga kiradigan issiqlik energiyasi.
Issiqlik markazi tarmog’i – markaziy isitish uchun issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiya. Masalan: shahar issiqlik markazi tarmog’i, bug’ bilan ta’minlash markazi.
Issiqlik miqdori – muayyan doimiy bosimda issiqlikka aylantirish uchun mavjud bo’lgan tizim energiyasini tavsiflovchi termodinamik ko’rsatkich.
Issiqlik manbai – issiqlik energiyasi, issiqlik tashuvchisi ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan, alohida, o’rnatilgan, biriktirilgan, qurilgan binolarda joylashgan texnologik jihatdan bog’langan bir yoki bir nechta issiqlik generatorrlari, issiqlik moslamalari va yordamchi … Read More
Issiqlik qulfi – muayyan haroratda ochiladigan, issiqqa ta’sirchan (ma’lum haroratda buziladigan yoki boshlang’ich ko’rinishini o’zgartiradigan) yopib turuvchi element.
Issiqlik qo’llaniladigan germetiklovchi mastika (bitum-elastomerli) – gruntovka qatlamini qo’llab yoki qo’llamasdan foydalanish paytida ish haroratiga qadar isitiladigan bitum-elostomerli germetiklovchi materiallar.
Issiqlik qolipi – betonning kontaktli isitish va qattiqlashuv davrida kerakli haroratni saqlab turish uchun elektr isitish elementlari bilan jihozlangan izolyatsiyalangan metall qoliplar.
Issiqlik kuchiga oid – gaz zarralarining (bug’, suyuqlik) issiqlik harakati energiyasini boshqa energiya shakliga aylantirish bilan bog’liq.
Issiqlik yo’qotish – bino tashqarisiga issiqlikning maqsadsiz chiqib ketishi. Umumiy issiqlik yo’qotilishi asosiy va qo’shimchalar yig’indisir. Asosiy issiqlik yo’qotishlari binoning to’siq konstruksiyalaridan issiqlik chiqib ketishini umumlashtirish orqali aniqlanadi.
Issiqlik ishlov berish – qattiq metall qotishmalarining ichki tarkibi va tuzilishini o’zgartirish orqali kerakli xususiyatlarni olish uchun isitish, saqlash va sovutish operatsiyalari majmui.