JUL

JUL — 1) ot yopig’i, Abzal; egar ustidan yopiladi. Otni qishda sovuqdan asraydi. Astari kigizdan, avrasi guldor jun sholcha yoki qalin mato (Baxmal, movut va boshqalar)dan tayyorlanadi; matodan tayyorlanganlari kashta … Read More

JULFA

JULFA — Eronning shimoli-g’arbidagi shahar. Araks daryosining o’ng sohilida. Daryoning chap sohilidagi Julfa shahrining (Ozarbayjon Respublikasi) qarshisida. Temir yo’l va shosse yo’llar orqali Tabriz shahri bilan bog’langan. Julfa orqali MDH … Read More

JUMODULAVVAL

JUMODULAVVAL (Arabcha) — qamariya yil hisobida, ya’ni oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy- qamariy yil hisobida beshinchi oyning Arabcha nomi; 30 kunga teng.

JUMODULOXIR

JUMODULOXIR (Arabcha) – qamariya yil hisobida, ya’ni oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy- qamariy yil hisobida oltinchi oyning Arabcha nomi; 29 kunga teng.

“JUMHURIYA”

“JUMHURIYA”, “al-Jumhuriya” – Marda chiqadigan kundalik rasmiy gazeta. 1953 yildan Qohirada Arab tilida nashr etiladi. Siyosat sohasida mamlakat hukumatining siyosiy yo’liga yaqin yo’lni targ’ib qiladi. Adadi 1 million atrofida (2002).

“JUMHURIYAT”

“JUMHURIYAT” – (“Cumhuriyet” -“Respublika”) — Turkiyadagi ommaviy kundalik gazeta. Istanbulda nashr etiladi. 1923 yilda yozuvchi va jurnalist Yunus Nadi tomonidan tashkil etilgan. Burju- aliberal doiralarining qarashlarini ifodalaydi.

JUNO

JUNO — AQShdagi shahar, Alyaska shtatining ma’muriy markazi. Alyaskaning Janubi-sharqida, Gastino bo’g’ozi bo’yidagi port. Aholisi 20 ming kishi. Yog’ochsozlik, tsellyuloza-qog’oz sanoati, baliq konserva korxonalari, aeroport bor. Dengizdan baliq ovlanadi. Turizm … Read More

JUNUSBEKOV ELMUROT

JUNUSBEKOV ELMUROT (1940.2.3, Tomdi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Buxoro pedagogika institutining boshlang’ich ta’lim metodikasi fakultetini tugatgan (1967). 1960— 67 yillarda Tomdi tumanidagi 13-maktabda o’qituvchi, 1967 yildan 16-maktab … Read More

JUNXO’RLAR

JUNXO’RLAR (Irichodectidae) – parxo’rlar turkumining oilasi. Uzunligi 10 millimetrgacha. Tanasi qora rangli, qanotsiz hasharotlar. 200 dan ortiq turi ma’lum. Sut emizuvchilar yungida parazitlik qiladi. Terining muguzlashgan qismlari bilan oziqlanib, uni … Read More