JEKSON (JACKSON) ENDRYU

JEKSON (JACKSON) ENDRYU (1767.15.3, Ueksxou — 1845.8.6, Xermitij, Tennessi shtati) — AQShning 7-prezidenti (1829-37); Florida shtati gubernatori (1821); senator (1823). Demokratlar partiyasi asoschilaridan (1828). Jekson davrida saylovda yutib chiqqan partiya … Read More

JEKSON

JEKSON — AQSh Janubdagi shahar, Meksikabo’yi pasttekisligida, Perl daryosi bo’yida. Missisipi shtatining ma’muriy markazi va eng katta shahri. Aholisi 196,6 ming kishi (2000; shahar atrofi bilan birga 400 ming). Transport … Read More

JUG’ROFIYA

JUG’ROFIYA (Arabcha) — geografiyaning 20-asr boshidan 40-yillargacha o’zbek tilida ishlatilib kelingan eski nomi. Hozir ham ayrim Sharq tillarida qo’llaniladi.

JUFTLAMA

JUFTLAMA — 1) taxta yog’ochlardan zich yopishtirib yasalgan eshik; 2) sochpopukning kumush bo’laklarini bir-biriga juftlab yopishtirilgan ikkita kosachadan iborat qismi.

JUFTAK

JUFTAK — miskarlik asbobi. Asosan mis idishlarni kavsharlashda ishlatiladi. Ombirga o’xshaydi, biroq undan ancha kichik, yupqa va nozik bo’ladi. Juftak soatsozlikda ham (soat qismlarini qimtib olib, joy-joyiga qo’yishda) ishlatiladi. Juftakni … Read More

JUFTABOD

JUFTABOD — atlas, beqasam, shoyi kabi matolar tandasidagi ikki takaищвning birikib juftlangan holati. To’qish dastgohiga solingan tandadagi Juftabodni tarqatmay (juftlab) tutib turadigan shoda Juftabod shoda deyiladi. Tandaning Juftabod shodadan o’tadigan … Read More

JUFT CHATISHTIRISH

JUFT CHATISHTIRISH — ota- ona o’simlik o’rtasida bir marta o’tkaziladigan chatishtirish; selektsiya usuli, oddiy chatishtirishning bir xili. Juft chatishtirish yo’li bilan olingan duragaylar populyatsiyasida yangi nusxalar paydo bo’lish jarayoni murtakka … Read More

JO’YAKLAB EKISH

JO’YAKLAB EKISH — qishloq xo’jalik ekinlarini jo’yakning ikki tomoniga yoki ikki qirg’og’iga ekish. Poliz ekinlari, tomorqa xo’jaliklarida pomidor, kartoshka, makkajo’xori yetishtirishda qo’llaniladi.

JHANGAR MADANIYATI

JHANGAR MADANIYATI – Sind (Pokiston)ning aholi yashaydigan bir qancha turar joylaridan topilgan so’nggi Xarappa (taxminan miloddan avvalgi 12-11-asrlar) arxeologik madaniyati. Birinchi marta 20-asrning 20-yillarida Sind viloyatining Jhangar aholi turar joidan … Read More

JHUKAR MADANIYATI

JHUKAR MADANIYATI – jez davri madaniyati (miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalari). 1928 yilda hind arxeologi N. Madjumdar Jhukar aholi turar joyi (Pokistonning Sind viloyati) dan topgan. Jhukar madaniyatining asosiy yodgorliklari … Read More