KARDIOGRAFIYA

KARDIOGRAFIYA (kardio… va …graf— 1) yurak faoliyatidagi o’zgarishlarni grafik usulda qayd qilish; 2) yurak faoliyati natijasida ko’krak qafasining mexanik tebranishlarini grafik usulda qayd qilish.

KARDIOGRAMMA

KARDIOGRAMMA (kardio… va …gramma) — maxsus asbob (elektrokardiograf va boshqalar) yordamida yurak faoliyatini qayd qilish uchun qog’oz yoki fotoplyonkaga yozib olingan egri chiziq.

KARDIO…

KARDIO… (Yunoncha kardia – yurak) -qo’shma so’zlar tarkibiy qismi. Yurakka oidlikni, yurak bilan bog’langanlikni bildiradi (masalan, kardiogramma, kardiologiya).

KARDINAL NUQTALAR

KARDINAL NUQTALAR – markaz lashtirilgan optik sistemaning optik o’qi yaqinida joylashgan buyumlar fazosining ixtiyoriy nuqtasi tasvirini yasashga xizmat qiluvchi asosiy nuqtalar.

KARDINAL

KARDINAL (lotincha cardinalis — bosh) -katolik cherkovi ierarxiyasida Rim papasidan keyin, episkopdan oldin turuvchi ruhoniy. Kardinallar papaning cherkovni boshqarish sohasidagi eng yaqin maslahatchilari va yordamchilari hisoblanadi hamda shu lavozimga Papa … Read More

KARGO

KARGO (ispancha cargo — yuk, yuk ortish) — 1) kemada tashiladigan yuk; 2) tashiladigan yuklarni sug’urtalash.

KARBONAT KISLOTA

KARBONAT KISLOTA, N2SO3 — ikki asosli kuchsiz, beqaror kislota. Suvdagi eritma holidagina mavjud. Uglerod (1U)-oksidga suv birikishidan hosil bo’ladi: SO2 + N2O <z± N2SO3. Karbonat va gidrokarbonat minerallarini beradi.