Kovus
Kovus-Qavs oyida tug’ilgan bola. Qavs o’n ikki burjning biri bo’lib, Aqrab va Jadiy burjlari oralig’ida joylashgan yoki Kovus shamsiya yil hisobida to’qqizinchi oyning arabcha nomi bo’ib, 22 noyabr-21 dekabr oralig’idagi … Read More
Kishmishoy-kishmishdek shirin, yoqimtoy qiz
Kishi-erkak, saxovatli odam
Kishvara-o’lka qizi, el farzandi. Shakllari: Kishvaroy, Kishvarxon
Kishvar-mamlakat, o’lka, el yoki el, o’lka farzandi. Shakllari: Kishvarboy, Kishvarjon
Kichikgul-bolalarning eng kichigi, kenjasi bo’lgan guldek ko’rkam qiz
Kichik-bolalarning kenjasi, kichigi. Shakllari: Kichikbek, Kichikboy, Kichikxon
Kifoyat-qizlar yetarli bo’ldi, endigisi o’g’il bo’lsin yoki farzandlarimiz yetarli bo’ldi, qoniqdik. Shakllari: Kifoyatbibi, Kifoyatxon
Kifoya-qizlar yetarli bo’ldi, endigisi o’g’il bo’lsin yoki bolalarimiz yetarli bo’ldi, qoniqdik
Kirshan-bo’ronli, bo’ronto’fonli kuni tug’ilgan bola