Kare

Kare (fransuzcha carre-ayni ma’nosi kvadrat)-XVII asr-XIX asrning 1-yarmida Yevropa armiyalarida piyoda qo’shinning bir yoki bir necha kvadrat (to’g’ri to’rtburchak) ko’rinishidagi jangovar safi. Otliq qo’shin hujumini qaytarish maqsadida qo’llanilgan.

Kardinal

Kardinal (lotincha cardinalis-bosh so’zidan)-katolik cherkovi iyerarxiyasida Rim papasidan keyin, yepiskopdan oldin turuvchi ruhoniy. Kardinallar papaning cherkovni boshqarish sohasidagi eng yaqin maslahatchilari va yordamchilari hisoblanadi hamda shu lavozimga papa tomonidan tayinlanadi.