Langar (qo’noq nuqtai nazaridan)
Langar (qo’noq nuqtai nazaridan) – 1) karvonsaroyning bir turi, musofirxona; 2) kambag’al, yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy, g’aribxona.
Langar (qo’noq nuqtai nazaridan) – 1) karvonsaroyning bir turi, musofirxona; 2) kambag’al, yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy, g’aribxona.
Laminar – qatlamli, tekis. Masalan: laminar (tekis) oqim.
Lamba – tekis suvalgan yoki taxtalardan terilgan ship.
Linga – 1) ravoq yoki gumbaz qurishda ishlatiladigan yog’och (ganch) moslama, yo’nalish yo’li (havoza); 2) ravoqning old tomonidagi suyri shakli (chizig’i).
Limit (me’yorlangan miqdor) – (lotincha: limes (limites)-chegara) (me’yor)) biror narsadan foydalanishga, biror narsani sarflashga ruxsat berilgan norma qabul qilingan xavfning muayyan shakllarini boshqarish vositasi.
Limb – burchak o’lchagich asbobining muhim qismi bo’lgan teng oraliqdagi chiziqlari (bo’linmalari) bo’lgan metall halqa.
Lizerna – konstruktiv xarakterga ega yoki dekorativ element hisoblanadigan devordagi tekis vertikal bo’rtiq. Pilyasterdan farqi, asos va kapiteli yo’qligida.
Linkrust – sintetik smola yoki o’simlik moylari asosida tayyorlangan yupqa qatlami plastik massa bilan qoplangan qog’oz taglikdan iborat silliq yoki bo’rtma old yuzaga ega rulonli pardozlash qurilish materiali.
Liparit (riolit) – kimyoviy tarkibi bo’yicha granitga o’xshash vulqon jinsi. Ora-sira joylashgan kvarts, sanidine, plogioklaz, biotit va piroksen bilan bir xil tuzilishga ega bo’lmagan shishaimon tolali massa. Ora-sira joylashganlarning hajmi … Read More