Lyukatsiya, joydan chiqish nima degani
Lyukatsiya, joydan chiqish nima degani – bo’g’imlarda tutashgan ikki suyakning bir-biridan fiziologik harakatchanlik holatidan batamom ajrashi, bo’g’imlar funksiyasining buzilishi.
Lyukatsiya, joydan chiqish nima degani – bo’g’imlarda tutashgan ikki suyakning bir-biridan fiziologik harakatchanlik holatidan batamom ajrashi, bo’g’imlar funksiyasining buzilishi.
Lyumbago nima degani – belda to’satdan qattiq og’riq paydo bo’lishi. Ko’pincha bel-dumg’aza umurtqalararo diskining psteoxondrozi sababli paydo bo’ladi.
Lyupoma nima degani – oddiy volchankali toshmaning birlamchi morfologik elementi, qo’ng’ir-qizil rangdagi yumshoq katta do’mboqcha ko’rinishida bo’lib, silning kichik do’mboqchalarining to’planishidan hosil bo’ladi.
Lyupus-artrit nima degani – aksariyat kaft kichik bo’g’imlar poliartriti, sistemali qizil volchankaning o’tkir davrida dastlabki belgisi bo’ladi, synovial suyuqlikda antinuklar antitelalar va volchanka hujayralari bo’ladi.
Lyuteoma, tuxumdon gormonal nima degani – aktiv o’smasi, progesterone va estrogen ajratadi, amenoreya, gipertrixoz, klitor gipertrofiyasi kuzatiladi.
Lyupus-nefrit nima degani – sistemali qizil volchankada kalavar bazal membranasining qalinlashishi ko’rinishida buyrak to’qimasining shikastlanishi, fibrin cho’kishi, gialin tromblar, gematoksilin tanachalar borlig’i “simli ilgak” fenomeni.
Lyamblioz nima degani – ingichka ichak, o’t yo’llari, jigarda parazitlik qiluvchi eng soda ichak parazitlari – lyambliyalar keltirib chiqaradigan kasallik.
Labirintopatiya nima degani – ichki quloq yarim doira naychalarining boshlang’ich va kirish qismlaridagi turli kasalliklarni qismlaridagi turli kasalliklarni ifodalovchi atama; labirintopatiya bosh aylanish, qusish, muvozanatni yo’qotish va boshqa bir qancha … Read More