MAKLER

MAKLER (nemischa Makler) — sotuvchi va xaridor o’rtasidagi vositachi; tovarlar, qimmatli qog’ozlar, xizmatlar va boshqalar oldi-sotdisida vositachilik qiladigan shaxs. Birja Maklerlari birja xodimlari tarkibiga kiradi, tovar sektsiyalarida savdo qiladi. Birja … Read More

MAK-KLINTOK (MC-CLINTOCK) BARBARA

MAK-KLINTOK (MC-CLINTOCK) BARBARA (1902-1992) — amerikalik tsitogenetik. Itakadagi Kornell universitetini tugatgan (1923). Ilmiy ishlari krossingover mexanizmini tsitologik tadqiq etishga bag’ishlangan, bu tadqiqotlarni makkajo’xori genomida olib borgan. Ko’chib yuradigan genetik tizimlar … Read More

MAYN

MAYN— Germaniyadagi daryo, Reyn daryosining yirik o’ng irmogi. Uzunligi 524 kilometr, havzasining maydoni 27,2 ming kilometr:. Mayn Rotsr-M va Veyser-M irmoqlarining qo’shilishidan hosil bo’lali. O’rtacha balanllikdagi tog’lar orasidagi tor vodiy … Read More

MAJNUNTOL

MAJNUNTOL (Salix babylonica L.) toldoshlar oilasiga mansub daraxt. Bo’yi 8-10 metrcha. Poyasi tik, novdalari tuksiz, yaltiroq, uzun va ingichka, egilib o’sadi. Bir yillik novdalari esa mayin tuk bilan qoplangan. Bargi … Read More

MAJBURIY TA’LIM

MAJBURIY TA’LIM – O’zbekistonda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplaridan biri. Bu printsipga ko’ra, muayyan yoshdagi barcha bolalar umumiy o’rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo’nalishini … Read More

MADINA

MADINA (tarixiy manbalarda) — o’rta asrlarda musulmon mamlakatlarida shaharning hukumat binolari va yuqori tabaqa vakillari joylashgan asosiy qismi, ichki shahar. Mustahkam devor bilan o’ralgan, atrofida hunarmandlar, savdogarlar va boshqa kasb … Read More

MADAPOLAM

MADAPOLAM (Hindistondagi joy nomidan) — polotno o’rilish va ip gazlama; oq surp. O’ngi silliq, yaltiroq bo’ladi, barmoqlar b-n paypaslab ko’rilganda dag’alroq tuyuladi. Madapolam uchun xom surp (xom ashyo) sifatida mitkaldan … Read More

MAGNOLIYADOSHLAR

MAGNOLIYADOSHLAR (Magnoliaceae) — ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. Daraxt va butalardan iborat. Barglari yaxlit, ba’zan bo’lakchali, cheti tekis, gullari yirik, to’g’ri, ikki jinsli (kamdan-kam bir jinsli). Changchilari ko’p. Amerika va Osiyoning … Read More

MAGNITOLA

MAGNITOLA — magnitofon va radio-priyomnikli bir quti (korpus) ga birlashtirib ishlab chikariladigan radiotexnika apparati; tovushni qayta eshittiruvchi apparat va tovushni yozib oluvchi apparatning bir turi. Magnitolaning umumiy qismlari — past … Read More

MAGNIT MOMENT

MAGNIT MOMENT – tok oqayotgan berk konturning, jismlar va modda zarralarining magnit xossalarini ifodalaydigan vektor kattalik. Elementar zarralar, atom yadrosi, molekula va atomlarning elektron qobiqlari Magnit momentga ega. Atom va … Read More