MAY

MAY (lotincha Maius) — Grigoriy kalendarida yilning beshinchi oyi (31 kunlik). Bu oy yunon afsonalari bo’yicha Germes (Merkuriy) xudosining onasi Mayyaga bag’ishlanib — mayus (Maius) nomi bilan atalgan.

MAJUSIYLIK

MAJUSIYLIK — 1) zardushtiylikning musulmonlarda atalishi; 2) yakkaxudolik paydo bo’lgunga qadar vujudga kelgan diniy e’tiqodlar, marosim va bayramlarni ifodalash uchun ishlatiladigan atama. “Majusiylik” tushunchasi sehrgarlik, animizm, fetishizm, totemizm kabi ibtidoiy … Read More

MAJRUMSOY

MAJRUMSOY — Navoiy va Jizzax viloyatdagi soy. Nurota tog’ining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 33 kilometr, havzasining maydoni 56 kilometr kvadrat. O’rtacha suv sarfi 0,25 metr kub/sekund. Bahorda suvi ko’payadi.

MAJLIS

MAJLIS — 1) rasmiy doiralarda qo’yiladigan masalani muhokama qilish uchun bo’ladigan yig’ilish va muhokama jarayoni; 2) ayrim mamlakatlar (O’zbekiston, Turkiya, Eron, Ozarbayjon va boshqalar)da qonun chiqaruvchi organ (parlament yoki parlament … Read More

MAJEYKYAY

MAJEYKYAY — Litvadagi Majeykyay rayoni markazi. Vilnyus shahridan 291 kilometr shimoli-g’arbda joylashgan. Liepaya, Shyaulyay, Elgava shaharlari yo’nalishidagi temir yo’l tuguni. Aholisi 46,6 ming kishi (1995). Neftni qayta ishlash zavodi (Majeykyaydan … Read More

MADURLAR

MADURLAR — Indoneziyadagi xalq (Madura oroli va Yava orolining Sharqiy qismi). Umumiy soni 10,8 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Tili indonez tillariga yaqin Madura tili. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Madurlar chorvachilik … Read More

MADRAS UNIVERSITETI

MADRAS UNIVERSITETI – Hindistondagi eng yirik va qadimgi universitetlardan biri. 1857 yil tashkil etilgan. Matematika, statistika, fizika, kimyo, zoologiya, botanika, antropologiya, geologiya va Geofizika, geografiya, huquq, pedagogika, tibbiyot, sharqshunoslik, qishloq … Read More

MADLEN MADANIYATI

MADLEN MADANIYATI (arxeologiyada) — Yevropadagi so’nggi Paleolit davri (miloddan avvalgi taxminan 15-8 mingyilliklar) madaniyati. Frantsiyadagi La-Madlen (La Madeleine) g’ori nomi bilan atalgan. Tosh keskichlar, suyak va shoxdan yasalgan mehnat qurollari, … Read More