Mintaqa (zona)
Mintaqa (zona) – umumiy belgilari bilan tavsiflanadigan muayyan maydon. Masalan: himoyalangan mintaqa, shimoliy mintaqa, tabiiy-rekreatsion mintaqa, cheklov zonasi va hokazolar.
Mintaqa (zona) – umumiy belgilari bilan tavsiflanadigan muayyan maydon. Masalan: himoyalangan mintaqa, shimoliy mintaqa, tabiiy-rekreatsion mintaqa, cheklov zonasi va hokazolar.
Minorasimon inshootlar – balandligi gorizontal o’lchamlari (diametri, tayanch tomoni)dan ancha katta bo’lgan erkin holatda turuvchi baland inshootlar bo’lib, ularning turg’unligi asosiy konstruksiya bilan (tortqilarsiz) ta’minlanadi.
Minora (tumshuq) – 1) turg’unligi o’zining asosiy qurilmasi bilan ta’minlanadigan (tortqisiz), erkin turuvchi baland inshoot. Masalan: beton qo’yish minorasi, beton ko’tarish minorasi, beton qorishtirgich minorasi, suv bosimi minorasi va hokazolar; … Read More
Mineralli kompozitsiya – quruq moddaga aralashma massasining 1% dan oshmaydigan miqdori mineral bog’lovchilar, to’ldiruvchilar va qo’shimchalar, shu jumladan, organik moddalar aralashmasi.
Mineral tola (vata) – shishasimon tolalarning zaif zichlangan massasi ko’rinishidagi issiqlik izolyatsiyalovchi material. Cho’kindi aralashmalari (mergel, dolomit, ohaktosh) va vulqon otilishi oqibatida hosil bo’lgan tog’ jinslari (diabaz, bazalt, porfirit va … Read More
Mineralit – yong’inga chidamli orayopmalar, zinapoyalar, pol va boshqa ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asbestli tsement.
Mehnatning quvvat bilan ta’minlanganligi – o’rnatilgan qo’zg’atuvchilar jami quvvatining qurilish-montaj ishlarida band bo’lgan ishchilar o’rtacha ro’yxat soniga nisbati bilan tavsiflanuvchi mexanizatsiyalashtirish darajasi ko’rsatkichi.
Mehnatning mexanizmlar bilan ta’minlanganligi – mashina va mexanizmlarning qurilish-montaj ishlarida mashg’ul bo’lgan ishchilarning o’rtacha ro’yxat soniga muvozanatiy narxi nisbati bilan tavsiflanuvchi mexanizatsiyalash darajasi ko’rsatkichi.
Mehnatning fondlar bilan ta’minlanganligi – qurilish-montaj tashkilotining ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganligi, asosiy ishlab chiqarish fondlari narxining ishlovchilar yoki ishchilarning o’rtacha ro’yxat soniga nisbati bilan tavsiflovchi ko’rsatkich.