Mustahkamlangan qirg’oq
Mustahkamlangan qirg’oq – sohil bo’ylab o’rab turgan yoki himoya qiluvchi inshoot. Mustahkamlangan qirg’oq shaharga va portga bo’linadi.
Mustahkamlangan qirg’oq – sohil bo’ylab o’rab turgan yoki himoya qiluvchi inshoot. Mustahkamlangan qirg’oq shaharga va portga bo’linadi.
Mustahkamlik chegarasi (muvaqqat qarshilik) – namunaning buzilishigacha bo’lgan eng katta kuchga mos tushadigan shartli zo’riqishni ifodalovchi ashyoning mexanik tavsifi.
Mustahkamlik (pishiqlik, turg’unlik, chidamlilik) – element va materiallar o’z funksiyasini bajarish va parametrlarini belgilangan me’yolar doirasida ushlab turish xususiyati. Masalan: zanglashga chidamlilik.
Mustahkamlik (bardoshlilik, chidamlilik) – 1) materialning tashqi kuchlar ta’sirida paydo bo’ladigan kuchlanishlar ostida buzilishga qarshilik ko’rsatish xususiyati; 2) ashyo kuch va ta’sirining turli ko’rinishlarini buzmasdan o’zgartirish xususiyati. Masalan: nam holatdagi … Read More
Mustahkamligi kam – qarshilik ko’rsatmaslik, biror narsaga yaxshi qarshilik ko’rsatmaslik.
Muhr (tamg’a) – sirtidagi qabariq yoki botiq belgilaridan qog’oz, mum, surg’ichga nusxa tushiradigan asbob.
Muhit (sharoit) – 1) shart-sharoit, tevarak atrof sharoiti; 2) u yoki bu darajada o’zaro ta’sirdagi, ko’rib chiqilayotgan tizimdan tashqarida bo’lgan narsalar. Masalan: zararli muhit, nam saqlaydigan muhit, sizdiruvchi muhit va … Read More
Muhandis – (fransuzcha: ingenieur-qobiliyat, zukkolik) muhandis faoliyati bilan shug’ullanuvchi mutaxassis. Muhandislar, qoida tariqasida, muhandislik predmeti bo’lgan texnik qurilmalarning barcha hayot aylanish jarayonlarida, shu jumladan, rejalashtirish, loyihalash, qurish va hokazolarda ishtirok … Read More
Mufassal rejalashtirish loyihasi – bosh reja asosida shaharning alohida qismlari uchun imoratlar qurilishining me’moriy-fazoviy va muhandislik-iqtisodiy yechimini aniqlash maqsadida ishlab chiqiladigan loyiha.
Mutaxassislik – muayyan kasb doirasidagi faoliyat turi uchun zarur bo’lgan maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi orqali olingan bilim, ko’nikma va malakalar majmui. Masalan: binokorlik mutaxassisligi va hokazolar.