Munajjim
Munajjim-osmon yoritqichlarining vaziyatlarini kuzatuvchi shaxs. O’rta asrlarda astrologiya va astronomiya bilan shug’ullanuvchilar munajjim deb atalgan.
Batafsil o‘qish

Munajjim-osmon yoritqichlarining vaziyatlarini kuzatuvchi shaxs. O’rta asrlarda astrologiya va astronomiya bilan shug’ullanuvchilar munajjim deb atalgan.
Batafsil o‘qishMuljar-qamal paytida har bir amirga dushmandan himoya qilish uchun belgibal berilgan yer, darvoza.
Batafsil o‘qishMulla-XIII asrdan boshlab dindorlar va ilohiyotchi olimlar, murabbiylar va muallimlarning obro’yi va ta’siri ancha kuchayadi. Ularni hurmat bilan xalq orasida mavlono deyishgan. Arab tilida u janob, janobimiz degan ma’noni anglatgan. … Batafsil
Batafsil o‘qishMujtahid-o’rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo’lgan shaxs. Sunniylarda mujtahid diniy huquq mazhablarining asoschilari hisoblangan. Shialarda yuqori martabali dindorlar va diniy huquqshunoslar ham mujtahid deb ataladi.
Batafsil o‘qishMujovirlar-o’rta asrlarda masjid va mozorlarda tunab yuruvchilar shunday deb atalgan.
Batafsil o‘qishMudarris-madrasa o’qituvchisi. Ilgari mudarrislar muayyan ilohiyot fanidan dars bergan. Hozir Sharq mamlakatlarida madrasalar va diniy universitetlarda faqat diniy ilmlardan emas, balki dunyoviy fanlardan dars beruvchilar ham mudarris deb ataladi.
Batafsil o‘qishMuvahhid-yakka xudolikka ishonuvchi.
Batafsil o‘qishMubdi’-ixtirovchi, yaratuvchi degan ma’noni anglatgan.
Batafsil o‘qishMuboshir-ish yurituvchi; boshqaruvchi. 1. Somoniylar va saljuqiylar davrida amir va sultonlarning ishonchli kishisi. 2. XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida markaziy davlat idorasining moliya devonidagi amaldor.
Batafsil o‘qishMuarrix-tarixchi, tarixnavis.
Batafsil o‘qish