NAZAROV ZOYIR

NAZAROV ZOYIR (1941.22.12, Romitan tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Buxoro pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1965). 1965 yildan Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 21-maktab, 1974 yildan 26-maktab matematika o’qituvchisi. … Read More

NADIR

NADIR (Arabcha — Nazir) — Zenitga diametral qarama-qarshi vertikal chiziqning ufqdan pastda osmon gumbazi bilan kesishgan nuqtasi.

NADIM

NADIM (Arabcha — do’st, ulfat) — musulmon davlatlarida, O’rta Osiyo xonliklarida xonlar, podsholar, amaldorlarning eng yaqin xizmatkori, maxrami va maslahatchisi. Bazmlarda ishtirok etgan kishilar ham bir-birlariga nisbatan Nadim hisoblangan.

NAGARJUNA

NAGARJUNA (taxminan 2-asr) — qadimgi hind faylasufi, buddizmning Madxyamika maktabi asoschisi. O’zining falsafasini haqiqiy buddizmning “o’rtacha yo’li” deb atadi. Asosiy asari: “Madxyamikakarika” yoki “Madxyamikasutra”.

NAVOB

NAVOB — Boburiylar saltanati viloyat hokimi. 18-asrning 1-yarmida saltanat inqirozga yuz tutgach, Bengaliya, Arkot, Aud va boshqalarning Navoblari mustaqil hokim bo’lib qolganlar. 18-asrning 2-yarmida ingliz mustamlakachilari Navoblarni o’zlariga bo’ysundirganlar va … Read More

NAVMITAN

NAVMITAN — Kushon podsholigi davri (1-4-asrlar)da vujudga kelgan qadimgi qal’a xarobasi. Buxorodan 15 kilometr Janubda, Navmitan qishlog’i yaqinida joylashgan. Qadimgi Rudizar (Shahrud) kanalining qurilishi munosabati bilan Navmitan obod bo’lgan. 16-asrda … Read More

NAVBAHOR

NAVBAHOR — otashparastlarning qadimgi butxonasi. Balxning Janub tarafida shahar yonida joylashgan. Ibn al- Faqihning yozishicha, Navbahorda otashparastlarning juda katta ma’budasi bo’lgan va unga sig’inish uchun tevarak-atrofdan juda ko’p kishi kelib … Read More

NAVAXO

NAVAXO (o’zlarini dene deb atashadi) — AQShdagi atapasklar guruhiga mansub indeys xalqi. 170 ming kishi (1987). Dindorlari — xristianlar; sinkretik (aralash) kult izdoshlari ham bor.

NAV SINASH

NAV SINASH, nav sinovi — qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlari va duragaylarini standart navlarga qiyosan bir xil sharoitlarda har tomonlama o’rganish va baholash, qishloq xo’jaligida yetishtirishga yaroqliligini tekshirish.

NABIRA

NABIRA, nevara — birinchi va uchinchi bo’g’in avlodlar o’rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan atama. Ota-onaga o’g’il yoki qizning farzandi (boboga, buvaga nisbatan) Nabira bo’ladi; o’g’ilning bolasi o’g’il Nabira, qizning bolasi qiz … Read More