NOMINAL DAROMAD
NOMINAL DAROMAD – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarning pul ко‘rinishidagi miqdori.
NOMINAL DAROMAD – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarning pul ко‘rinishidagi miqdori.
NODAVLAT VA JAMOAT TASHKILOTLARI – davlatga qarashli bo’lmagan, ammo ma’lum qonunlar yoki me’yoriy hujjatlarga bo’ysungan holda faoliyat ko’rsatadigan tuzilmalar nodavlat va jamoat tashkilotlari hisoblanadi.
NUSXADA TIKLASH (IMITATSIYA) – EHM yordamida qog’ozda qayd etiladigan xilma-xil marketing omillarining qaytadan yaratilishi.
NOVERBAL AXBOROTLAR – jo’natuvchi tomonidan so’zlardan foydalanmasdan yuborilgan axborotlar.
NOU-XAU (ISHLAB CHIQARISH SIRI) – (ingl. “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy, tijorat, tashkiliy bilimlar. Mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirishni yengillashtirish va tezlashtirishga imkon beruvchi … Read More
NOTIJORAT YURIDIK SHAXS – ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlar (foyda)ni o’z a’zolari o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini-o’zi boshqarish tashkiloti.
NOTIFIKATSIYA – veksel egasining veksel majburiyati bo’yicha hamma to’lovlardan bosh tortishi, shuningdek, to’lovchining oddiy imzosi yoki summasining jami yoki bir qismini to’lash haqida belgi yoki tasdiqnomaning yo’qligi, ya’ni vekselning aksept … Read More
NOTIJORAT TASHKILOTLARNING PIROVARD ISTE’MOL XARAJATLARI – uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlaming pirovard iste’mol xarajatlari, NTTning iste’mol tovarlari va xizmatlari uchun qilingan xarajat.
NOTARIF TO’SIQLAR – xalqaro savdoni cheklovchi bojxona poshlinasidan tashqari har xil to’siqlar: import kvotalar, maxsus litsenziyalar va shu kabilar (qarang: import kvotasi, litsenziya).