Nuqtai nazar (pozitsiya)
Nuqtai nazar (pozitsiya)-tegishli insoniy kechinma va xatti-harakatlar tarzida namoyon bo’luvchi atrof-muhit bilan bog’liq hodisalar va ularning muayyan jihatlariga nisbatan munosabatlar tizimi.
Nuqtai nazar (pozitsiya)-tegishli insoniy kechinma va xatti-harakatlar tarzida namoyon bo’luvchi atrof-muhit bilan bog’liq hodisalar va ularning muayyan jihatlariga nisbatan munosabatlar tizimi.
Nutq-tilning fikr ifodalash va fikr almashish o’quv va ijtimoiy faoliyat ko’rsatish shakli.
Nukus pedagogika instituti, Ajiniyoz Ko’siboy o’g’li nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti.
Nomzodlik minimum-oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishdan oldin aspirant va tadqiqotchilar tomonidan topshiriladigan imtihonlar.
Natijalarni qayta ishlash-empirik ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirishga asoslangan tadqiqot usuli.
Novatorlik-ta’lim jarayoniga kiritilgan yangi tartib-qoidalar, usul va metodlarni qo’llash bilan bog’liq faoliyat.
Nasl-muayyan avlod-ajdodga mansub kishilar urug’i, ularning kelib chiqishi, zoti, nasabi, tagi-taxti.
Nasihat-mazmun jihatdan buyruq, taqiq, maslahat ma’nolarini ifodalaydigan pedagogik ta’sir shakli.
Nasab-insonning asli, ya’ni zoti; gen.
Namunali maktab-ilg’or pedagogik tajribalarga ega bo’lib, ularni amaliyotda keng qo’llagan umumiy o’rta ta’lim maktabi.