Noaniqlik
Noaniqlik – yaqinlashish, biror narsaga aniq mos kelmaslik. Masalan: ruxsat etilgan noaniqlik.
Noaniqlik – yaqinlashish, biror narsaga aniq mos kelmaslik. Masalan: ruxsat etilgan noaniqlik.
Nishonlamoq – biror voqelik munosabati bilan bayram uyushtirish, bayramni nishonlash. Masalan: tug’ilgan kunni nishonlash, mustallik kunini nishonlash.
Nishon – belgi, alomat, tamg’a.
Nuragan tuproq – tabiiy yoki antropogen omillar ta’sirida yuqori qatlami buzilgan yoki yo’qotilgan yerlar.
Nimsutun (nimustun) – devorga yondosh yarim ustun.
Nigorxona – suratxona, muzey.
Nigoriston – suratxona, muzey, naqshin tasvirlar xonasi.
Niqob – shaxsni yashirish yoki yuzni himoya qilish uchun kiyiladigan narsa (mahsulot), yuzdagi qoplama. Masalan: xavfsizlik niqobi.
Nikellash (yarqiratish) – mahsulotlarga nikel qoplamasini qo’llash orqali sirtni qayta ishlash. Qo’llaniladigan qoplamaning qalinligi odatda 1 dan 50 mkm.gacha.
Nizom – har qanday munosabatlar sohasida yoki har qanday davlat organi, korxona, muassasada faoliyatni tashkil etishni tartibga soluvchi qoidalar to’plami.