Obixingov

Obixingov — Tojikistondagi вaryo, Vaxsh daryosining chap irmog’i. Uzunligi 196 kilometr, havzasining maydoni 6660 km2. 500 ga yaqin katta-kichik irmog’i bor. Obixingov Fedchenko muzligining tarmog’i — garm muzligidan boshlanadi, g’arbiy … Read More

Oaxaka

Oaxaka — Meksikaning Janub qismidagi shtat, tinch okean sohilida. Maydoni 95,4 ming kilometr kvadrat. Aholisi 3,4 million kishi (2000), asosan, indeyslar. Ma’muriy markazi — Oaxaka shahri. Yirik shaharlari: Istepek, Matias-Romero, … Read More

Og’iz bezlari

Og’iz bezlari — odam va hayvonlarda yo’li og’iz bo’shlig’iga ochiladigan bezlar (masalan, so’lak bezlari). Ular ovqat hazm bo’lishi, shuningdek, qon ivishiga imkon beradigan shirali, lekin zaharli sekret ajratadi.

Og’zaki nutq

Og’zaki nutq — nutqning so’zlashuv shakli. Og’zaki nutq yozma nutqdan tovush orqali farqlanadi. Og’zaki nutq 2 shaklga ega: monologik nutq va dialogik nutq.

OFA RIZO

OFA RIZO (? — 1616) — musavvir. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Mashhadda, Isfahonda (shoh Abbos saroyida, 1585 — 1600) ishlagan. Miniatyura, ayniqsa, portretlarida mukammallik va qayotiylikka erishgan; miniatyura san’atiga … Read More

Og’ir mashinasozlik sanoati

Og’ir mashinasozlik sanoati — mashinosozlik sanoatining yirik tarmog’i. Metallurgiya, kon-ruda, yirik temirchilik-presslash, maydalash- yanchish, ko’tarma-transport uskunalari, shuningdek, yirik ekskavator, rotor majmualari, teplovozlar, elektrovozlar, temir yo’l vagonlari, dizellar va boshqalar ishlab … Read More

Og’il, og’ilxona

Og’il, og’ilxona — qoramol (sigir, buzoq, buqa va boshqalar)ni bog’lab saqlash va boqish uchun qurilgan bino. Oxurlar va go’ngni tashlaydigan Maxsus tuynuklar bilan jihozlanadi.

Olam qutblari

Olam qutblari — olam o’qi bilan osmon sferasining kesishgan nuqtalari. Ular olamning shimol va Janubiy qutblaridir. Olam qutblarida osmon jismlari joylashmagan, lekin olamning shimoliy qutbi yaqinida (g uzoqlikda) qutb yulduzi … Read More

Olam o’qi

Olam o’qi — osmon sferasining markazidan o’tuvchi va yerning aylanish o’qiga parallel deb tasavvur qilinadigan to’g’ri chiziq. Olam o’qi osmon sferasini olamning shimoliy va Janubiy qutblarida kesib o’tadi.

Olako’l

Olako’l — Qozog’istondagi oqmas sho’r ko’l. Balxash-Olako’l soyligining sharqida, 343 metr balandlikda. Maydoni 2200 kilometr kvadrat. Chuqurligi 45 metrgacha. Yanvardan aprelgacha muz bilan qoplanadi. Olako’lga emel daryosi quyiladi. Baliq ovlanadi.