OVLOQ
OVLOQ, avloq — yovvoyi hayvonlar ko’p bo’lgan, ov qilinadigan joy. Qadimda O’rta Osiyoda qulon, jayran, kiyik, arxar, parrandalar ov qilinadigan joylar Ovloq deyilgan.
OVLOQ, avloq — yovvoyi hayvonlar ko’p bo’lgan, ov qilinadigan joy. Qadimda O’rta Osiyoda qulon, jayran, kiyik, arxar, parrandalar ov qilinadigan joylar Ovloq deyilgan.
OVIMBUNDU (mbundu) — Angoladagi bantu guruhiga mansub xalq. 3,7 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Dindorlari — katoliklar va protestantlar; an’anaviy diniy e’tiqodlar ham saqlangan.
OVGA — shimoliy Nurota tizmasining suvayirg’ichidagi dovon. 1699 metr balandlikda. Nurota botig’idagi Sambur va Nurota tizmasining shimol qismidagi Keskin qishloqlari orasida joylashgan. Dovondan chorva mollarini qaydab o’tishda foydalaniladi.
OVAMBO (ambo) — Namibiyadagi bantu guruhiga mansub xalq (750 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari); Angolada ham (240 ming kishi) yashaydi. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuteranlar).
OBO (mo’g’ulcha) — Qozog’iston, O’rta va Markaziy Osiyodagi tog’cho’qqilarida mahalliy aholi tomonidan bunyod etilgan tosh uyumi. Ruhlarga sajda qilish joyi.
OBLOQUL “G’OLIB” (1831/40- 1917/ 27) — urgutlik cho’pkor, me’mor. Ustalar musobaqasida g’olib chiqib “G’olib buva” nomini olgan va shu nom bilan mashhur bo’lgan, 300 ga yaqin shogirdlari bo’lgan. Urgutda u … Read More
OBIDA (Arabcha) — moddiy madaniyat yodgorliklari.
OBERON — uran sayyorasining yo’ldoshi, diametri 1520 kilometr, sayyoradan o’rtacha uzoqligi 582,6 million kilometr. 1787 yil ingliz astronomi V. Gershel kashf qilgan. Oberonning orbita tekisligi uranning orbita tekisligiga deyarli perpendikulyar.