O’Z-O’ZINI MOLIYALASHTIRISH
O’Z-O’ZINI MOLIYALASHTIRISH – qo’shimcha mablag’lar manbalarini jalb qilishning eng ko’zga ko’ringan usuli, lekin uni uzoq muddatlar uchun prognoz qilish qiyin va miqdor jihatidan ham chegaralangan.
O’Z-O’ZINI MOLIYALASHTIRISH – qo’shimcha mablag’lar manbalarini jalb qilishning eng ko’zga ko’ringan usuli, lekin uni uzoq muddatlar uchun prognoz qilish qiyin va miqdor jihatidan ham chegaralangan.
O’Z-O’ZINI QOPLASH – korxona o’z xarajatlarini olgan foydasi bilan qoplashi, mahsulotni sotish va xizmat ko’rsatishdan kelgan daromad bilan korxona o’z xarajatlarini qoplashi.
O’ZGARUVCHAN XARAJATLAR – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdoriga bog’liq xarajatlar, xomashyo materiallari, ish haqiga va h.k. sarflangan xarajatlardan tashkil topadi.
O’ZGARUVCHAN NARX – bozordagi vaziyatga qarab o’zgartirib boriladigan narx.
O’ZARO HISOBLAR – davlat bilan korxonaning yoki korxona bilan tashkilotning o’zaro hisoblari. Masalan: tovar, mahsulot ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko’rsatish borasida.
O’ZGARUVCHAN CHIQIMLAR – korxonaning ishlab chiqarish hajmlari ko’paygan sari oshib boruvchi xarajatlar.
O’ZGARUVCHAN ALMASHUV KURSI – ichki muvozonatni tiklash maqsadida mamlakat almashuv kursiga ega bo’ladigan xalqaro hisob-kitoblar tizimi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TO’LOVCHILARINING YAGONA REESTRI – soliq to’lovchilarga oid davlat ma’lumotlar bazasi tizimi
O’ZINI-O ‘ZI BAND ETUVCHI SHAXS – bunday shaxs o’zi mehnat qiladigan korporatsiyalashmagan korxonalarning shaxsiy yoki sherik mulkdori hisoblanadi, ammo kvazikorporatsiyalar deb baholanuvchi korporatsiyalashmagan korxonalar bundan istisno.
O’ZGARUVCHAN TALAB – erkin bozorda mahsulot narxining ma’lum bir foizga o’zgarishi, talabning necha foizga o’zarishini belgilovchi ko’rsatkich. U baholarning o’zgarishi va ularning darajasi bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida keng qo’llaniladi.