O’rov (cho’lg’am, o’ram)
O’rov (cho’lg’am, o’ram) – 1) biror narsani o’raydigan, o’ralgan narsa; 2) etik ichida tizzagacha o’ralgan uzun va keng mato o’rami. Masalan: halqa shaklidagi o’rov, burama shaklidagi o’ram va hokazolar.
O’rov (cho’lg’am, o’ram) – 1) biror narsani o’raydigan, o’ralgan narsa; 2) etik ichida tizzagacha o’ralgan uzun va keng mato o’rami. Masalan: halqa shaklidagi o’rov, burama shaklidagi o’ram va hokazolar.
O’rnatuvchi – o’rnatish ishchisi, biror narsani o’rnatuvchisi.
O’tkazish (ajratish) – bo’rtmalarni olib tashlash, kerakli qalinlikni berish uchun biror narsani cho’zish. O’rnatish joyini aniqlash, biror narsa yotqizish; muayyan joylarda biror narsa o’rnatish. Masalan: temir o’zak bog’lamini ajratish, yuqoridan … Read More
O’rnatmoq (qurmoq, qo’ymoq) – qo’yish, to’g’ri yoki kerakli joyga qo’yish, ma’lum bir tarzda jihozlash, vertikal holatda mustahkamlash, qurish, o’rnatish holatga keltirish. Masalan: geodeziya belgilarini o’rnatmoq, qolipni o’rnatmoq va hokazolar.
O’rnatmaning inertligi – boshqariladigan yong’in omili, sezgir elementni ishga tushirish, chegarasiga yetgan paytdan boshlab yong’inga qarshi moddani (tarkibi) himoyalanadigan hududga yetkazib berish boshlanishiga qadar bo’lgan vaqt.
O’rnatmani masofali faollashtirish (ishga tushirish) – himoyalangan xonalar yoki uning yonida, dispetcher xonasi yoki yong’in o’chirish postlarida, himoyalanadigan inshoot yoki uskunalarda o’rnatiladigan, ishga solish elementlarini faollashtirish (ishga tushirish).
O’rnatmani mahalliy faollashtirish (ishga tushirish) – nasosli stantsiya yoki yong’in o’chirish stansiyalari binolarga o’rnatilgan, shuningdek, ishga tushirish elementlari yong’inga qarshi modullariga o’rnatilgan ishga tushirish elementlarini faollashtirish (ishga tushirish).
O’yiq chuqurcha – yerdagi kichik teshik, tosh yoki boshqa narsa/materialdagi chuqurcha, shuningdek, muzdagi teshik.
O’yiq (belgi) – daraxt tanasida uzunasidagi radial yo’naltirilgan yoriq.
O’yiq – biror narsa yuzasida zarba, tez-tez haydash va hokazolar ta’siri natijasida hosil bo’lgan chuqur.