Olxa

Olxa – oq yog’ochli daraxt bo’lib, tolalari bo’ylab uning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 35 MPa ni tashkil etadi. Yengil va yumshoq yog’och, duradgorlik va tokarlik ishlarida, faneralar tayyorlashda ishlatiladi.

Oquvchanlik

Oquvchanlik – plastik metallar va jismlarning bosim ortib borishi bilan kesish kuchlari ta’siridan qochish va yopishqoq suyuqliklar kabi oqish xususiyati. Masalan: gruntning oquvchanligi, tsement kukunining oquvchanligi va hokazolar.