PIROVARD ISTE’MOL UCHUN UY XO’JALIK XARAJATLARI
PIROVARD ISTE’MOL UCHUN UY XO’JALIK XARAJATLARI – xarajatlar rezident uy xo’jaliklari tovar va xizmatlarning pirovard iste’moli uchun qiladigan xarajatlardan tarkib topadi.
PIROVARD ISTE’MOL UCHUN UY XO’JALIK XARAJATLARI – xarajatlar rezident uy xo’jaliklari tovar va xizmatlarning pirovard iste’moli uchun qiladigan xarajatlardan tarkib topadi.
PERIKL – (m.a. 490-429) qadimgi yunon siyosiy arbobi. Qul ekspluatatsiyasini keng qo’llagan, lekin savdo va pul xo’jaligini ham rivojlantirgan. Afinani eng rivojlangan davrda boshqargan.
PAYCHILIK MUNOSABATLARI – sherikchilik asosida biznes yuritishga hissa qo’shish va shu hissaga qarab daromad ko’rish sohasidagi iqtisodiy munosabatlar.
PAY FONDI – shirkat xo’jaligi ustaviga muvofiq shirkat xo’jaligi a’zolarining qiymatda ifodalangan mulkiy paylari, har bir a’zoning shirkat xo’jaligi pay fondidagi ulushi.
PAY – qism, a’zolik hissasi, badal, pay; birorta korxona tashkil etilganda a’zolari to’laydigan a’zolik badallari.
PAST TALAB – mo’ljallangan daraja va qondirish imkoniyatlariga nisbatan past bo’Igan talab.
PAST KATEGОRIYALI TOVARLAR – daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar.
PASSIV TO’LOVLAR BALANSI – mamlakatning xorijiy sarf-xarajatlari va to’lovlari mamlakatga xorijdan kelib tushadigan tushumlaridan oshib ketishini bildiruvchi to’lov balansi.
PASSIV SCHYOTLAR – o’z mablag’lar manbaini va majburiyatlarni hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Mablag’lar manbalari ko’payishi passiv schyotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi. Qoldig’i kreditida bo’lib, balansning passivida ko’rsatiladi. Schyotlar rejasida … Read More
PASSIV KAPITAL – uzoq muddatli mablag’lar manbai bo’lib, ular hisobiga xo’jalik subyektining aktivlari shakllantiriladi. Ular o’z va qarz kapitalga ajratiladi.