Priparki, priparkalar, bug’lash nima degani
Priparki, priparkalar, bug’lash nima degani – davolovchi muolaja, tananing biron-bir qismlariga qizdirilgan sochiluvchan yoki bo’tqasimon modda qo’yib, uzoq vaqt davomida isitishdan iborat.

Priparki, priparkalar, bug’lash nima degani – davolovchi muolaja, tananing biron-bir qismlariga qizdirilgan sochiluvchan yoki bo’tqasimon modda qo’yib, uzoq vaqt davomida isitishdan iborat.
Prirasheniye platsenti, yo’ldoshning bachadon devoriga yopishib qolishi nima degani – yo’ldosh shakllanishining buzilishi, bunda xorion tukchalari ayrim joylarda bachadonning mushak qavatiga yopishib qoladi.
Prisposobleniye, moslanish nima degani – hayxon organizmining tashqi muhitning doimo o’zgarib turuvchi yashash sharoitlariga moslashish imkoniyatini ta’minlovchi muayyan turning morfo-fizik, populyatsion, xulqiy va boshqa xususiyatlarining yig’indisi.
Probodeniye, teshilish nima degani – mexanik kuch yoki patologik jarayon ta’sirida kovak a’zo devorida yoki tana bo’shlig’ida teshib o’tgan jarohat (teshik) hosil bo’ladi.
Prognoz meditsinskiy, tibbiy prognoz nima degani – kasalliklarning kelib chiqishi, xossalari va oqibatini oldindan aytib berish; patologik jarayonlarning kechish qonuniyatlarini bilishga asoslangan.
Prodolgovatiy mozg, uzunchoq miya nima degani – bosh miyaning eng pastki qismi; juda murakkab tuzilgan bo’lib, Varoli ko’prigi bilan orqa miya o’rtasida joylashgan.
Prokaza, moxov nima degani – faqat odamlarda uchraydigan va Mycobacterium lepraye qo’zg’atadigan surunkali butun organizmga tarqalgan infeksion kasallik.
Prolejen, yotoq yara nima degani – og’ir kasalliklar tufayli tinkasi qurib yotib qolgan bemorlarning yumshoq to’qimalarida vujudga keladigan distrofik, yara-nekrotik jarayon.
Promivaniye jeludka, me’dani yuvish nima degani – me’da zondi va voronka yordamida me’daga bir necha marta ichimlik soda, kaliy permenganat eritmalari, suv yuborib va chiqarib olishdan iborat davo tadbiri. Oshqozonni … Read More
Prorezivaniye zubov, tishlarning yorib chiqishi nima degani – jag’ va milkning alveolyar o’siqchasi yuzasida tishlar koronkasining birin-ketin paydo bo’lishi.