Qurtuba xalifaligi

Qurtuba xalifaligi – o’rta asrlarda Pireney yarim orolidagi musulmon davlati. Poytaxti — Qurtuba shahri. 929 yil Qurtuba amirligi (756 yil umaviylardan Abdurrahmon I asos solgan) o’rniga tuzilgan. 10-asrda ancha taraqqiy … Read More

Qurumdi cho’qqisi

Qurumdi cho’qqisi – orqa Olay tizmasidagi cho’qqi. Tojikiston va Qirg’iziston respublikalari chegarasida. Balandligi 6610 metr. Qurumdi cho’qqisida muzlik ko’p. Qurumdi muzligi (uzunligi 17,2 kilometr, maydoni 60,6 km2) yirik muzliklardan hisoblanadi.

Quroq

Quroq — mayda bo’laklardan ulab, to’plab bezak yaratish; shu usulda yasalgan bezak, buyum ham Quroq deb ataladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan buyum, bezak hosil qilinadi. Amaliy san’atda … Read More

Quryozov Sobir

Quryozov Sobir (1947.17.4, Qo’shko’pir tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1998). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1969). 1969 yildan Qo’shko’pir tumanidagi 18-, 1975 yildan 17-maktablarda kimyo-biologiya o’qituvchisi.

Qurbonova Xayrixon Abdullayevna

Qurbonova Xayrixon Abdullayevna (1940.31.8, Yangiyo’l shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1967). 1967 yildan Yangiyo’l shahridagi 6-maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi.

Qurbonov Rahmat

Qurbonov Rahmat (1944.18.12, Kogon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1968). 1968— 98 yillarda Kogon tumanidagi 8-maktabda kimyo o’qituvchisi; 1989-90 yillarda direktor.

Qurbonov Rajabboy

Qurbonov Rajabboy (1933.2.3 -Yangiariq tumani — 2000, yanvar) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1961). 1953 yildan Yangiariq tumanidagi 17-, 1961 yildan 1-maktabda, 1993-2000 yillarda 11-litsey … Read More

Qurbongoh

Qurbongoh – osmonning Janubiy yarim sharidagi yulduz turkumi. Ikkita eng yorug’ yulduzi 2,8 va 3,0 vizual yulduz kattaligida. Kuzatish uchun eng qulay davr — iyun va iyul oylari. O’zbekistonda qisman … Read More

Qunduzsimon yerqazar

Qunduzsimon yerqazar — hasharotxo’r sut emizuvchilar turkumiga mansub hayvon. G’arbiy Afrikada tarqalgan. Gavdasining uzunligi 0,3 metr (dumidan tashqari). Mo’ynasi jigarrang, qorin tomoni oq. Og’zida 40 ta tishi bor. Burun teshigi … Read More