Qoriyeva Mahsuma

Qoriyeva Mahsuma (1902, Toshkent — 1946.18.4, Moskva) — ilk o’zbek aktrisalaridan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1937). 1918 yildan M.Uyg’ur boshchiligidagi truppada ishlagan. O’zbek, rus va jahon mumtoz dramaturgiyasi asosida yaratilgan … Read More

Qoriyev Rahim Majidovich

Qoriyev Rahim Majidovich (1905. 31.12 – Toshkent – 1989.24.8) – teatr arbobi. O’zbekiston (1967) va Qoraqalpog’iston (1957)da xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Leningraddagi Gersen nomidagi pedagogika, Plexanov nomidagi Moskva xalq xo’jaligi, … Read More

Qoraqo’l

Qoraqo’l (1889-1921 va 1939-90 yillarda Prjevalsk) — Qirg’iziston Respublikasi Issiqko’l viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Terskay Olatovining shimol etagida, Qoraqo’l daryosi bo’yida. Avtomobil yo’llari chorrahasi. Aholisi 64,3 ming kishi (1999). 1871 … Read More

Qoraqulov Juman

Qoraqulov Juman (1921, Qoraqalpog’iston Respublikasi, To’rtko’l tumani — 1944.18.10. Chexoslovakiya, Zvala shaharchasi) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan frontda. 327-gvardiyachi tog’ o’qchi polki (4-Ukraina fronti 1-gvardiyachi armiyaning 128-gvardiyachi tog’ o’qchi … Read More

Qoraqozonlar

Qoraqozonlar — Toshkent hokimi Yunusxo’ja davri (18-asrning oxiri — 19-asr boshi)da qo’shin nomi. Yunusxo’ja 6 ming kishidan iborat qo’shin tuzib, askarlarni pilta miltiq, qilich, nayza, qalqon bilan qurollantirgan. Bu qo’shin … Read More

Qoraqobiq, qoraqovuq

Qoraqobiq, qoraqovuq — chuchmomadoshlarga mansub ko’p yillik piyozli dorivor o’simliklar turkumi. O’zbekistonda Seversev Qoraqobiqi yoki Qoraqobiq turi o’sadi. Piyozi tuxumsimon, usti qora po’st bilan o’ralgan. Piyozidan uzunligi 20 santimetr, eni … Read More

Qoraqand

Qoraqand — kechpishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, uchi go’mtoq, yirik (uzunligi 25-30 santimetr, og’irligi 2.5—4,5 kilogramm). Sirti sal tilpm-tilim. To’ri yirik, ba’zi joylari go’rsiz. Tusi jigarrang yuatanib tuaeadigan to’q yashil. … Read More

Qorao’zak

Qorao’zak — Qoraqalpog’iston Respublikasi Qorao’zak tumanidagi shaharcha (1984 yildan), tuman markazi. Aholisi 12,3 ming kishi (2005). Yaqin temir yo’l stantsiyasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi poytaxti Nukus shahridan (72 kilometr). Paxta tozalash, … Read More

Qorayaloqlar

Qorayaloqlar – chumchuqsimonlar turkumi avlodi. 63 turi ma’lum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Tanasining uzunligi 20-25 santimetr. Yerda sakrab harakatlanadi. Uyasini yakka yoki koloniya bo’lib daraxt, buta, ba’zan yerga quradi. … Read More

Qoraxoniylar

Qoraxoniylar, xoniylar, xoqoniylar — Qoraxoniylar davlatini boshqargan xoqonlar sulolasi. “Qoraxoniylar” iborasi shartli ravishda sulola nomi sifatida qo’llanilib, davlat hukmdorlari “Qoraxon” — buyuk xon unvoni bilan yuritilgan. Shu bois Sharqshunos olim … Read More