QOBILIYAT
QOBILIYAT – xodimda o’ziga yuklangan vazifalami bajarish uchun kasb malakasi mavjudligi, yetarli darajadagi jismoniy kuch-quvvat va chidamlilik, uquvlilik; umumiy madaniyat borligi va shu kabilardir.
QOBILIYAT – xodimda o’ziga yuklangan vazifalami bajarish uchun kasb malakasi mavjudligi, yetarli darajadagi jismoniy kuch-quvvat va chidamlilik, uquvlilik; umumiy madaniyat borligi va shu kabilardir.
QOLDIQ (BALANS) QIYMAT – nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi)da aks ettiriladigan, boshlang’ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan miqdor.
QO’SHMA KAPITAL – tezda jalb etilgan resurslar bo’lib, u asosan aksiyalarni sotish, pay va kirish badallarini to’plash, korxonalarni birlashtirish natijasida aktivlarning ko’payishi evaziga shakllanadi.
QO’SHIMCHA MAS’ULIYATI ВО’LGAN UYUSHMA- uyushma; hamkorlar javobgarligi pay (badal) miqdori bilan cheklanmagan, xususiy mulkni qisman xolida yoki to’laligicha yoritadigan yopiq aksioner jamiyat.
QO’SHIMCHA QIYMAT SHAKLLANISH VAQTI – mos mahsulot ustida olib borilgan foydali ish bajarilishining taktik vaqti.
QO’SHIMCHA XARAJAT- qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan xarajatlardir.
QO’SHIMCHA ISH HAQI – ishchi va xizmatchilarning ishlamagan vaqti uchun amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq to’lanadigan haq. Masalan, mehnat ta’tili uchun, yoshi 18 ga yetmagan o’smirlarning ishlamagan soati uchun, davlat, jamoa ishlari … Read More
QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’IDAN IMTIYOZLAR – korxonaning iste’molchilarga tovar ortganda, ish bajarganda, xizmat sotganda QQS ni hisoblamaslik hamda budjetga soliq to’lamaslikni ifodalaydi.
QONDIRILGAN EHTIYOJ – ma’lum paytda ehtiyojning narsalar bilan qondirilgan, haqiqatan ta’minlangan qismi.
QONUN USTUVORLIGI – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat’iy hukmron bo’ladi. Ya’ni hech kim, hech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro … Read More