QIMMATLI QOG’OZLAR EMISSIYASI
QIMMATLI QOG’OZLAR EMISSIYASI – emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish.
QIMMATLI QOG’OZLAR EMISSIYASI – emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish.
QIMMATLI QOG’OZLAR EGASI – qimmatli qog’ozlar o’ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORINING PROFESSIONAL ISHTIROKCHISI – qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
QIMMATLI QOG’OZLAR DAVLAT OBLIGATSIYALARI – moliya vazirligi tomonidan ma’lum bir muddatga chiqariladi va belgilangan marja to’lash sharti bilan qaytib sotib olinadi.
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA PROFESSIONAL FAOLIYAT – qimmatli qog’ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatish bo’yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi.
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI PROFESSIONAL ISHTIROKCHISINING MIJOZI (MIJOZ) – deponent yoki qimmatli qog’ozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxs.
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORI ISHTIROKCHILARI – qimmatli qog’ozlarning emitentlari, qimmatli qog’ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek, birjalar va qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysi.
QIMMATLI QO’G’OZLARNING IKKILAMCHI BOZORI – dastlabki kreditor va zayomchilar bo’lmagan shaxslar o’rtasidagi qimmatli qo’g’ozlar muomalasi; ikkilamchi savdo banklar va maxsus firmalar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
QIMMATBAHO TOVARLAR – yuksak qiymatli tovarlar. Bu tovarlar asosan ishlab chiqarish yoki iste’mol maqsadida ishlatilmaydi, ammo ulardan qiymatni uzoq vaqt saqlash vosita sifatida foydalaniladi, chunki ularning qiymati narxlarning umumiy darajasiga … Read More
QAYTARILMAYDIGAN SARFLAR – ilgari qabul qilingan qarorlaming natijasida sodir bo’lgan oldingi davr xarajatlari.