Qoim// Qoyim
Qoim// Qoyim-turg’un, sobit, mustahkam; ustuvor, poydor; yashaydigan yoki nishona yoxud o’rinbosar, noib. Ehtimol: Qayyum.
Qoim// Qoyim-turg’un, sobit, mustahkam; ustuvor, poydor; yashaydigan yoki nishona yoxud o’rinbosar, noib. Ehtimol: Qayyum.
Qozoq-ko’rinishi qozoqqa o’xshagani uchun shunday atalgan yoki erkin, hur, ozod yoxud uyga qozoq mehmon kelganda yoki qozoqlar orasida tug’ilgan bola ham shunday nomlanadi. Shakllari: Qozoqboy, Qozoqxon
Qoziqul-o’zini diniy adolat yo’liga bag’ishlagan bola
Qozi-ulg’ayib adolatpesha, diniy hakam bo’lsin yoki qozi bo’lib o’tgan bobosining ismi berilgan bola. Shakllari: Qoziboy, Qozixon, Qozibek
Qodirxon-hokim, boshliq, sarkor
Qodirqul-Allohning bandasi (quli)
Qodirniso-ayollarning kuchlisi, qudratlisi; qobiliyatlisi yoki Allohning xizmatkori, bandasi bo’lgan qiz
Qodirniyoz-qodir, ya’ni Allohning tuhfasi, sovg’asi yoki Allohdan tilanib olingan bola
Qodirnazar-qodir, ya’ni Allohning iltifoti, e’tibori (nazari) tufayli erishilgan bola
Qodirmurod-Alloh yetkazgan orzu, maqsad