Resipient

Resipient (lotincha recipients — oluvchi, qabul qiluvchi) — boshqa biror organizmdan ko’chirib olingan a’zo, to’qima yoki hujayralar o’tkaziladigan odam yoki hayvon. Davo (qon quyish, yurak va boshqalarni ko’chirib o’tkazish) a’zo … Read More

Resessivlik

Resessivlik (lotincha recessus — chekinish, olib tashlash) — geterozigota, ya’ni 1 genning 2 ta har xil alleliga ega bo’lgan organizmlarda gen allellaridan birining fenotipik namoyon bo’lmasligi. Resessiv allellar yozma kichik … Read More

Referi

Referi (lotincha refero — bildiraman) — maydon, maydoncha (futbol, basketbol va shu kabilar), ring (boks), gilam (Kuraj), vishka (voleybol) va boshqalardagi sport hakamining an’anaviy xalqaro nomlaridan biri.

Retoromanlar

Retoromanlar — Italiya (ladinlar va friullar, 740 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari) va Shveytsariya (romanshlar, 60 ming kishi) dagi xalqlar guruhi. Retoroman tilida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar va protestantlar.

Retardantlar

Retardantlar (lotincha retardatio — kechikish, sekinlashish) — o’simliklar poyalari va novdalarining ortiqcha o’sib ketishini to’xtatadigan va yotib qolishiga chidamini kuchaytiradigan turli kimyoviy xususiyatli sintetik moddalar.

Restavratsiya

Restavratsiya (lotincha restauratio — tiklash) — buzilgan, shikastlangan yoki vayron bo’lgan tarixiy va madaniy yodgorliklar (alohida me’moriy inshootlar va ularning majmualari, tasviriy va amaliy bezak san’ati asarlari, arxeologik topilmalar va … Read More

Reprivatizatsiya

Reprivatizatsiya (re… va lotincha privatus — xususiy) — ilgari davlat ixtiyoriga olingan korxona, bank, aktsiya va boshqalarni qaytadan xususiylashtirish. Bu bilan davlatlashtirilgan ishlab chiqarishdan xususiylashgan va sog’lom raqobatga tayangan iqtisodiyotga … Read More

Repertuar

Repertuar (Fransuzcha repertoir, lotincha repertorium — ro’yxat, izohlash) — drama teatri, musiqali teatr, estrada kontserti yoki ayrim artist tomonidan ijro etiladigan asarlar majmui. Repertuar uslubi va janriga ko’ra ham farqlanadi … Read More

Reomyur shkalasi

Reomyur shkalasi — normal bosimda muzning erish temperaturasi nol gradus, suvning qaynash temperaturasi esa 80 gradus deb olinadigan temperatura shkalasi. Reomyur shkalasi birligi — Reomyur gradusi (°R). U atmosfera bosimida … Read More

Reometr

Reometr (lotincha reos — oqim va metro — o’lchayman) — gaz sarfini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Ishi kapillyar naychadagi yoki boshqa drossellovchi (bosimni pasaytiruvchi) qurilmadagi gazning sarfi bilan chiziqli (bevosita) … Read More