Rozetka (ulagich moslamasi)
Rozetka (ulagich moslamasi) – elektr zanjirlarini mexanik ulash va uzish uchun mo’ljallangan elektr qurilma.
Rozetka (ulagich moslamasi) – elektr zanjirlarini mexanik ulash va uzish uchun mo’ljallangan elektr qurilma.
Robotlashtirilgan yong’in o’chirish majmuasi – umumiy boshqaruv va yong’inni aniqlash tizimi bilan birlashgan bir nechta robotlashtirilgan yong’in o’chirish o’rnatmalari to’plami.
Robotlashtirilgan yong’in o’chirish qurilmasi – qimirlamaydigan asosga o’rnatilgan, yong’in o’chirish dastagidan iborat, bir qancha harakatlanish bosqichiga ega va uzatma tizimi bilan jihozlangan, shuningdek, dasturni boshqarish qurilmasidan, yong’inni o’chirish va lokalizatsiya … Read More
Rizalit – binoning butun balandligi bo’ylab chiqib turuvchi qismi.
Rigelsiz karkas – rigel qatnashmagan, orayopma plitalarga o’xshab ishlaydigan, to’sin ko’rinishidagi alohida tayanchga tayangan fazoviy tizim.
Ritm – me’moriy, inshoot elementi yoki inshootlarning qatorlashishi, takrorlanishi, ular joylashishining makonda tartibga solinishi.
Risberma – suvzang ortida joylashgan, o’zanni yuvilishdan saqlash, maromiy o’zgarishlarni o’chirish, suv oqimi tezligini maromlashtirish va pasaytirish uchun mo’ljallangan quyi brefda suv oqimi tubini mahkamlash elementi.
Rizolin – o’zi yelinlanadigan gidroizolyatsiyalovchi o’ramli tom yopish materiali bo’lib, uning asosi shu materialning ekspluatatsion xossalarini yaxshilovchi qo’shimchalar kiritilgan maxsus bitum-polimer tarkib bilan shimdirilgan shisha matodan iborat. Armatura sifatida qo’llanadigan … Read More