SELDARA
SELDARA — tog’larda, tog’oldi qirlarida sel hosil bo’ladigan, sel keladigan dara, soy. Odatda, uncha uzun bo’lmaydi, ko’l irmoqlari ko’p hamda kalta bo’ladi. Seldara tog’dan chiqishda tor o’zanli bo’lib, keng vodiyga, … Read More
SASAKLAR — Indoneziyadagi (lombok oroli) xalq. 1,75 million kishi (1990 yillar o’rtalari). Sasak tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, musulmon sunniylar, bir qismi an’anaviy e’tiqodlarga rioya qiladi.
SARPARDA (forscha — bosh parda) — 1) musiqa asari boshlanadigan parda; 2) Chapandoz doira usulida ijro etiladigan kuy va ashulaning nomi, “Karimqulbegi” deb ham ataladi; 3) o’zbek surnay yo’llaridan biri.
SARITEPA — Chatqol tizmasidagi cho’qqi. Toshkent viloyatining Janubiy sharqida. Balandligi 1963 metr. Cho’qqi paleogen va neogen jinslaridan (granit, qumtosh va ohaktoshdan) tashkil topgan.
SARIMSOQGI — Janubiy Oltoydagi tog’ tizmasi. Qozog’iston Respublikasida. Uzunligi 60 kilometr. Eng baland joyi 3373 metr (Burkitovul tog’i). Effuziv, tuf, gillich slanes, qumtosh, granitlardan tarkib topgan. Shimoliy yon bag’ri tik, … Read More