Suv toshqini
Suv toshqini – turli sabablar bilan suv sathini ko`tarilishi natijasida quruqlikni suv bosishi.
Suv toshqini – turli sabablar bilan suv sathini ko`tarilishi natijasida quruqlikni suv bosishi.
Suv osti vodiylari – okean va dengiz tublarida materik sayozligi va materik yon bag`rida bo`ladigan chuqur vodiylar.
Suv ko`tarilishi va qaytishi – Oy bilan Quyosh ta’sirida dengiz sathining davriy ravishda (sutkasiga ikki marta) ko`tarilib va pasayib turishi.
Suv yig`iladigan havza – biror daryo, ko`l yoki dengizga yer osti suvlari oqib keladigan yer, maydon. Suv yig`iladigan suvayirg`ich bilan chegaralangan bo`ladi.
Suv bo`yi – daryo, ko`l, kanal, ariq, dengizlar qirg`og`i bo`ylab cho`zilgan kambar yer, sohil.
Suv boshi – daryo, kanal, ariqlar boshlanadigan joy, manba. Suv boshi buloqlar, tog`lardagi qor va muzlardan boshlanuvchi jilg`alar, ko`llar, boshqa daryo va h. k. lar bo`lishi mumkin.
Sublimatsiya – suvning suyuq holatdan qattiq holatga o`tishi.
Statut (lotincha statuo – qaror qilaman) – muayyan hudud yoki xalqaro tashkilot idora organlarining tashkiliy tartibi va faoliyatini belgilab beradigan Nizom.
Stratisfera– yer po`stining asosiy cho`kindi va metaformik jinslardan tashkil topgan ustki qismi.
Stalagmitlar (yunoncha stalagma – tomchi) – g`orlarning tagida ustun, sumalak shakllarida cho`qqayib turgan mineral hosilalar. Stalagmitlar kalsiy karbonatga to`yingan suvning go`r tepasidan tomib tushib bug`lanib ketishi va kalsiy karbonatning cho`kib … Read More