Sapropel
Sapropel (yunoncha sapros – sassiq, pelos – loyqa) – oqmay turgan suv havzalari tubida o`simlik va hayvon organizmlari qoldiqlaridan hosil bo`ladigan organik loyqa, balchiq. Tibbiyotda (balchiq bilan davolashda), yoqilg`i va … Read More
Sangzor (tojikcha)-toshloq, daryo vodiysidagi sertosh maydon.
Sangir- tog`lardagi tik jarlik daryoning qulashi natijasida hosil bo`lgan tik qirg`og`i.
Sangbo`ron– tog yonbag`iridan toshlarning ko`chib, yumalab tushishi. O`simlik bilan qoplanmagan quruq toshloq yonbag`irlarda ko`p bo`ladi. Sangbo`ron toshbo`ron shaklida ham ishlatiladi.
Samum (arabcha samum – issiq shamol)- Arabiston va Shimoliy Afrika cho`llarida esadigan issiq va quruq shamol. Samum esganda qum bo`roni turib, harorat 50 darajaga yetadi va undan ham oshadi.
Sakrama– daryoning tog`, tez- oqar qismi, ostonatosh, shalola.
Sayrob– tog`larda orografik yomg`ir ko`p tushadigan, sersuv joy, vodiy boshi.
Savr – 1) zodiak yulduz turkumlaridan biri; 2) shamsiya (quyosh) yil hisobida ikkinchi oyning nomi; 22-apreldan 21-maygacha davom etadi.
Sariq tuproq – sernam subtropiklarda keng bargli o`rmonlar tagida gilli slanetsdan iborat ona jinsdan paydo bo`lgan tuproq. Chirindisi kam. Temirning suvli oksidlari tufayli sariq bo`ladi. Xitoyda, AQShning janubida, Avstraliyaning janubi-sharqida … Read More