SOF ICHKI MAHSULOT (SOF MILLIY DAROMAD)
SOF ICHKI MAHSULOT (SOF MILLIY DAROMAD) – makroiqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, YalM (YaMD)dan amortizatsiya ajratmalari miqdorini ayirib tashlash yo’li bilan topiladi.
SOF ICHKI MAHSULOT (SOF MILLIY DAROMAD) – makroiqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, YalM (YaMD)dan amortizatsiya ajratmalari miqdorini ayirib tashlash yo’li bilan topiladi.
SOF FOYDA – korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko’rilgan daromaddan mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so’ng korxona ixtiyorida qoldirilgan foyda.
SOF DISKONTIRLANGAN (KELTIRILGAN) QIYMAT – kelajakda olinadigan sof daromadning diskontirlangan qiymatidan diskontirlangan investitsiya ayirmasi.
SOF EKSPORT – tovar va xizmatlarning eksporti va ularning importi o’rtasidagi ayirma: eksport – import = sof eksport.
SOF DAROMAD – milliy daromadning bir qismi, xalq xo’jaligida yaratilgan qo’shimcha mahsulotning puldagi ifodasi. Sof daromad foyda, renta, foizga bo’linadi, ya’ni ularning jami jamiyat miqyosida sof daromadni tashkil etadi.
SOF ARALASH DAROMAD – uy xo’jaligi sektoriga qarashli nokorporativ korxonalar daromadlarining hosil bo’lishi schyotidagi muvozanatlashtiruvchi ko’rsatkichdir.
SOF AKTIVLAR – birlikning hisobot davrida majburiyatlariga nisbatan aktivlarining ko’payganligini ifodalaydi.
SO’ROV – kishilarning bilimlari, e’tiqodlari, xohishlari va mamnunliklari to’g’risidagi ma’lumotlar olish uslubi.
SMETALI MOLIYALASHTIRISH – noishlab chiqarish sohasi korxona va tashkilotlari xarajatlarini qoplash metodi.
SO’NGGI USUL – mamlakatning oltin valyuta rezervlarini ishlatish yo’li bilan to’lov balansi defitsitini qoplashga aytiladi.