Smeta daromadi
Smeta daromadi – qurilish-montaj tashkilotining ayrim ishlab chiqarish, ijtimoiy sohani rivojlantirish va xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag’.
Smeta daromadi – qurilish-montaj tashkilotining ayrim ishlab chiqarish, ijtimoiy sohani rivojlantirish va xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag’.
Smeta-me’yoriy asos (me’yoriy axborot) – smeta me’yorlari to’plamlari majmuasi (davlat smeta me’yorlari va narx).
Sovuqbardosh – past haroratni yaxshi qabul qilish; sovuqqa chidamli; sovuq ta’sirida o’zgarmas, kuch va boshqa xususiyatlarni yo’qotmaslik (materiallar, mahsulotlar haqida).
Sovuqda qotuvchi yelim – isitilmas qotuvchi yelim.
Sovuqbardoshlilik – qurilish ashyolarining nam holda, o’zgaruvchan muzlash va erishning buzuvchi ta’siriga qarshilik ko’rsatish.
Sovuqda sinmaydigan – past haroratga (metall haqida) bardoshli, sinmaydigan.
Sovuqqa bardosh profil – yanvar oyida o’rtacha oylik havo harorati -20 C dan past bo’lgan hududlarda foydalanish uchun mo’ljallangan profil (uzoq xizmat qilishiga nazorat sinovida zo’riqtirish -55 C).
Sovuqda sinuvchan (mo’rt) – past haroratda (metall haqida) mo’rt, sinuvchan.
Sovuqlayin egilgan – sovuq egilish orqali ishlab chiqariladigan.