SHIRINCHA
SHIRINCHA — sachratqining xalq orasida tarqalgan nomi.
SHIRINCHA — sachratqining xalq orasida tarqalgan nomi.
SHIRVONSHOH o’rta asrlarda shimoliy Ozarbayjondagi tarixiy viloyat va davlat Shirvon hukmdorlari unvoni (799— 1538). Shirvonshohlarning quyidagi sulolalari ma’lum: Mazyadiylar (799-1027), kesroniylar (1027-1382), darbandiya (1382- 1538).
SHIPKA — Yazg’ulom tizmasining Janubiy tarmog’idagi cho’qqi (Pomir). Balandligi 6254 metr. Cho’qqiga birinchi marta 1968 yilda bolgariyalik alpinistlar chiqqan. Bolgariyadagi Shipka dovoni nomi bilan atalgan.
SHIPKA — Stara-Planina tog’laridagi dovon, Bolgariyada. Balandligi 1185 metr. Shipka orqali Gabrovo — Krzonliq shossesi o’tgan. Dovon yaqinida bolgar va rus jangchilari xotirasiga bag’ishlab haykal va muzey qurilgan.
SHINAK — 1) shahar, qal’a, qo’rg’on kabilar devoridan dushmanni kuzatish, undan saqlanish va otish uchun qilingan maxsus tuynukcha; pana joy.
SHIMOLIY TOJ – osmonning Shimoliy yarim sharidagi yulduz turkumi. Ilon, Gerkules va Ho’kizboqar yulduz turkumlari orasida joylashgan. Eng ravshan yulduzi 2-yulduz kattalikda. O’zbekistonda may oyida ko’rinadi.
SHILPIQ — turli ko’z kasalliklari (traxoma, blefarit va boshqalar) ning mahalliy nomi.