SHISHA SANOATI
SHISHA SANOATI – sanoatning shishadan listli oyna, arxitektura-qurilish, optika, yorug’lik texnikasi, elektrotexnika materiallari, shisha idishlar, idish-tovoqlar, shisha tolalari va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmog’i.
SHISHA SANOATI – sanoatning shishadan listli oyna, arxitektura-qurilish, optika, yorug’lik texnikasi, elektrotexnika materiallari, shisha idishlar, idish-tovoqlar, shisha tolalari va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmog’i.
SHIRKAT FIRMA – bir necha tadbiroklarning o’zaro mulkiy birlashuvi va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko’rishga asoslangan sherikchilik korxonasi.
SHIRKAT – umumlashgan mulk va hamkorlik asosida ish yuritish faoliyati.
SHAXSNI MUNTAZAM KAMOL TOPTIRISH – fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini ro’yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta’siri, balki … Read More
SHAXSNING EHTIYOJI – inson harakatga intilishni vujudga keltiruvchi biror-bir narsaning yo’qligini anglashidir. Uning normal hayot kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur.
SHAXSIY TALAB – alohida odamlar, oilalar talabi.
SHAXSIY TAJRIBA YIG’ILISHI – bu ishchi bir xil jarayonni ko’p takrorlashi natijasida olinadigan ustachilik va o’z ishlab chiqaruvchanligi oshishi hisoblanadi.
SHAXSIY ISTE’MOL UCHUN SARFLAR – uy xo’jaliklarining iste’mol daromadidan ayrim chegirmalar va imtiyozlar chegirib tashlanganidan so’ng olinadi.
SHAXSIY ISTE’MOL – jamiyat a’zolarining yashashi va barkamol inson sifatida kamol topishlari uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar yig’indisidir.
SHAXSIY ISTE’MOL FONDLARI – shaxsiy jamg’arma va iste’mol fondlarini tashkil etib, aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat ko’rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi.