TOLISHLAR
TOLISHLAR, talishlar — Ozarbayjonning Janubi sharqi (21,1 ming kishi, 1989 yil) va Eronning shimoldagi (100 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari) xalq. Tolish tilida so’zlashadi. Dindorlari — shia musulmonlar, bir qismi — … Read More
TOLIBOV MUSO IBROHIMOVICH (1950.3.3, Shofirkon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Samarkand pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972 yildan Shofirkon tumanidagi 4-maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi.
TOLEDO MANRIKE ALEXANDRO (1946.28.3, Kabenyadeankash shaharchasi) — Peru davlat arbobi. Stanford universiteti (AQSh)ni tugatgan. Garvard universiteti (AQSh) da ilmiy tadqiqot bilan shug’ullangan, jahon bankida maslahatchi bo’lib ishlagan. “Peruning kelajagi uchun” … Read More
TOLDIQ — olay tizmasining Sharqiy qismidagi dovon (Qirgizistonda), olay vodiysi bilan Gulcha daryosining boshlanish joyida. Balandligi 3615 metr. Toldiq dovoni orqali O’sh — Xorug’ avtomobil yo’li o’tadi.
TOKSIKOZ (Yunoncha toxikon — zahar) — organizmga ekzogen toksinlar (mas., mikrob toksinlari) yoki zararli endogen moddalar (masalan, homiladorlik toksikozlari, tireotoksikozda) ta’sirida ro’y beradigan kasallik holati.
TOKOFEROL (Yunoncha tokos — avlod, urug’, phero — tashiyman va lotincha oleum — yog’).
TOYON — 17-asrda saxalar (yakutlar) da kabila boshlig’i unvoni. Sibir Rossiya tarkibiga kiritilgach, Toyonlar rus ma’muriyatining tayanchiga aylangan. 19-asrning 2-yarmida Toyondan milliy savdo sarmoyadorlari shakllangan.
TOVUQ YILI — muchal yil hisobida o’ninchi yil nomi.
TOVAR AYLANMASI 1) tovarning muomala sohasida pulga ayirboshlanish va ishlab chiqarish.dan iste’molga utishi bilan bog’liq harakati; 2) muayyan davr davomida sotilgan va sotib olingan tovarlarning pul ifodasidagi hajmi.