TA’LIF

TA’LIF (Arabcha — yaratish, tuzish) — o’tmishda Sharq musiqa ilmida biron asar yaratishni ifodalovchi atama. Masalan, ta’lifi alhon — kuy yaratish; ta’lif unnotik, (nutkli ta’lif) — muayyan so’zlarga yaratilgan asar, … Read More

TA’LIMOT

TA’LIMOT — 1) borliqsagi voqea-hodisalarning muayyan sohasidagi, fan tarmoqlari, ijtimoiy hayot, jamiyat va shu kabi haqidagi nazariy qoida va xulosalar, ilmiy qarashlar majmui, masalan, falsafiy Ta’limotlar, sufiylik Ta’limoti; 2) ma’lum … Read More

TASHQI SAYYORALAR

TASHQI SAYYORALAR, Yupiter guruhidagi sayyoralar — Quyosh sistemasining Mars orbitasidan tashqarida aylanadigan sayyoralari (Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ularning ba’zi fizik xususiyatlari bir-biriga yaqin. Ba’zan “yuqori sayyoralar” deb ham aytiladi.

TASHQI BURCHAK

TASHQI BURCHAK – uchburchak yoki ko’pburchakning biror burchagiga yondosh (qo’shni) burchak. Uchburchakning tashqi burchagi unga qo’shni bo’lmagan ichki burchaklari yig’indisiga teng.

TAXMONPECH

TAXMONPECH — bezak buyumi; taxmonga taxlab qo’yiladigan ko’rpa, ko’rpacha va boshqa buyumlarni kishi ko’zidan pana qilib turish uchun tutiladigan parda, to’siq. O’zbekiston hududining turli mintaqalarida o’ziga xos usulda kashta tikib … Read More

TAURAGE

TAURAGE — Litvadagi shahar. Yura daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 30,7 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Hisoblash mashinalari elementlari, sopol zavodlari, meva-sabzavot, go’sht kombinatlari, yog’ochsozlik korxonalari, yog’pishloq zavodi; xalq … Read More

TASBIH

TASBIH (Arabcha — Xudoni maqtash, sharaflash) —duolar va iboda tso’zlarini hisoblash uchun ishlatiladigan munchoq shodasi. Tasbih ishlatish keng tarqalgan barcha dinlarda uchraydi, dindorlik va taqvodorlik belgisi hisoblanadi.

TARXUN

TARXUN — Sug’d podshosi (taxminan 700— 711 yillarda hukmronlik qilgan). 707 yil buxoroliklar va turgashlar bilan ittifoq bo’lib, O’rta Osiyoda arablarga qarshi kurashgan. 709-710 yillarda arablar bilan bitim tuzib, tovon … Read More