Tranzistor

Tranzistor (inglizcha transfer — ko’chirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generasiyalash (hosil qilish) va o’zgartirish uchun mo’ljallangan 3 elektrodli yarimo’tkazgich asbob. Mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi. Amerika olimlari J. Bardin, … Read More

Transgressiya

Transgressiya (lotincha transgressio — o’tish) — okean, dengiz va ko’llar suvining quruqlikka bosib kelishi. Transgressiyaning kelib chiqishiga erning tektonik harakatlar natijasida bukilishi va okean (dengiz) suvi sathining ko’tarilishi sabab bo’ladi. … Read More

Tramplin

Tramplin (ital. trampolo — yog’och oyoq) — sakrashning ayrim turlari (mas., chang’ida sakrash, suvga sakrash, gimnastikadagi sakrash)da sportchining sakrash masofasi va balandlikka ko’tarilishini oshirish uchun ishlatiladigan inshoot (qurilma); sakratgich. Chang’ida … Read More

Transportyor

Transportyor (lot. transporta — tashiyman) — 1) mashi nasozl i kda — konveyernchng ikkinchi nomi; rolikli T. rolgang, vintli T. shnek deb ataladi; 2) qishloq xo’jaligi.da — mahsulotlarni uncha uzok, … Read More

Transplantatsiya

Transplantatsiya — odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to’qimalar va organlar o’rniga sog’lomini ko’chirib o’tqazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma’lum. Teri, muskul, nervlar, ko’zning muguz pardasi, … Read More

Transmissiya

Transmissiya (lotincha transmission — uzatish, o’tish) — dvigateldan ish mashinalari (stanoklar, maydalagichlar va boshqalar) ga yoki mashinalarning ijro mexanizmlariga aylanma harakat uzatish uchun mo’ljallangan qurilma. Transmissiya validan ish mashinalariga aylanma … Read More

TRANSMISSIV KASALLIKLAR

TRANSMISSIV KASALLIKLAR – bemor (yoki bakteriya tashuvchi)dan yoki kasal hayvondan bo’g’imoyokdyugar, mas., qon so’ruvchilar orqali sog’lom kishilarga yuqadigan infektsion kasalliklar. Bu guruhga mansub kasalliklarning qo’zg’atuvchilari sog’lom odam organizmiga teri orqali … Read More

Transkripsiya

Transkripsiya (musiqada) musiqa asarini boshqacha tarzda (masalan, boshqa sozga moslab) ifodalash (aranjirovka) yoki virtuoz ruxda erkin qayta ishlash (kontsert Transkripsiyasi). Yevropada 16-17-asrlarda paydo bo’lgan. 19-asrdan (asosan, fortepiano Transkripsiyalari) eng ommabop … Read More

Transkripsiya

Transkripsiya (biologiyada) tirik hujayralarda irsiy axborot amalga oshirilishining birinchi bosqichi; DNK matrisasi asosida iRNK molekulasi sintezlanishi. DNK ga tobe Rnkpolimeraza fermenti vositasida amalga oshadi. Ferment T.ning boshlanish joyi — promotorni … Read More

Transkripsiya

Transkripsiya (transcriptio ko’chirib yozish) — yozuvning nutq tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sun’iy (shartli) turi; nutq bo’laklari (tovush, bo’g’in, so’z)ning tovushiy sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli. T., eng … Read More