To`lqin
To`lqin – okean, dengiz, ko`l, daryolarda suv yuza qismining tebranma harakati.
To`lqin – okean, dengiz, ko`l, daryolarda suv yuza qismining tebranma harakati.
To`lin suvlik – yilning ma’lum mavsumida daryoda suvning har yili ko`payishi va erta bahorda qorning, yozda tog`lardagi qor hamda muzlarning erishi, shuningdek uzoq vaqt davomida yomg`ir yog`ishidan suv sathining ko`tarilishi.
Tuproq havosi – tuproq ichidagi bo`shliqlarda, kapillyar teshiklarda uchraydigan havo.
Tuproq eritmasi – tuproq ichida uchraydigan va tarkibida erigan holda gazlar, mineral va organik moddalar bo`lgan suv. Tuproq eritmasi tuproq paydo qilish jarayonida, turli reaksiyalarda, tuproqda moddalar almashinishida va o`simliklarning … Read More
Tumshuq– tog`, tepa, orol va h.k. larning uchli, turtib chiqqan chekkasi. Joy nomi sifatida ham qo`llanadi. Masalan, G`obdun tog`ining sharqiy tumshug`idagi qishloq Tumshuq deb ataladi.
Tub kon – nurash ta’sirida o`zgarmagan yoki kam o`zgargan tub jinslar (magmatik, cho`kindi, mematog`fik jinslar) orasida paydo bo`lib, o`sha yerning o`zida qolgan kon.
Tub jins – paydo bo`lgan joyida qolgan va nurash ta’sirida kam o`zgargan tog` jinsi.
Truboprovod transporti, quvur, truboprovod – suyuq, gazsimon yoki qattiq yuklarni trubalar orqali haydash transporti. Truboprovod transportidan asosan gaz, neft va qattiq materiallarni (g`alla, qurilish materiallari, toshko`mir va b.) haydashda foydalaniladi.
Trapplar (shvedcha trappa – zinapoya)-otqindi tog` jinslaridan (bazalt, diabaz, gabbro) hosil bo`lgan reylef shakli-zina – qoyalar (pog`onalar). Trapplar Sharqiy Sibir yassi tog`ligida, Janubiy Afrika va Hindistonda uchraydi (Dekan yassi tog`ligi).