To’ti

To’ti-shirinsuxan, notiqa bo’lib o’ssin; tili chiqib gapirib ketsin yoki onasining ismi berilgan qiz. Shakllari: To’tibuvi, To’tibu, To’tibibi, To’tijon, To’tioy, To’tixon

To’ra

To’ra-aslzoda, xonzoda; ulug’ martabalar sohibi yoki kattaligi odam bo’yidek keladigan qalqondek mustahkam bola. To’ra so’zi o’tmishda Buxoro xonligida chig’atoy ayonlari va sayidlarning faxriy unvoni bo’lgan. Shakllari: To’raboy, To’rabek, To’rajon, To’raxon