Tarbiya maqsadi
Tarbiya maqsadi-jamiyatning alohida shaxsga nisbatan ehtiyojlarining aks ettirilishi, uning mohiyati ideal talabalarining nazariy umumlashmasi.
Tarbiya maqsadi-jamiyatning alohida shaxsga nisbatan ehtiyojlarining aks ettirilishi, uning mohiyati ideal talabalarining nazariy umumlashmasi.
Tarbiya mazmuni-qo’yilgan maqsad va vazifalarga ko’ra o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan qat’iy xulq-atvor me’yorlari, bilim, e’tiqod, ko’nikma, malaka va shaxsga xos axloqiy-ma’naviy sifatlar hamda xususiyatlar tizimi.
Tarbiya jurnali-tarbiya muammolarini bajarishga ixtisoslashgan nashr.
“Tarbiyai atfol” (bolalar tarbiyasi)-Buxoro jadidlari tashkil etgan ma’rifiy jamiyat (1908-1914).
Tanqidiy fikrlash-axborotlarni o’zlashtirishdan boshlanib, xulosa chiqarish bilan tugallanadigan murakkab fikrlash jarayoni.
Tamoyil-1) nazariya, ta’limot, fan va hokazolarning asosiy poydevori, qonun-qoidasi; 2) muayyan shaxs qattiq ushlab olgan qoida, maslak, nuqtai nazar, qarash; 3) mayl, moyillik, tendensiya.
Talant-o’quvchi yoki talabadagi katta, noyob qobiliyat.
Talabchanlik-shaxsning o’z-o’zining va o’zgalarning xulqini muayyan ob’yektiv tamoyillarga bo’ysundira olishdan iborat xislati.