Talaba
Talaba-oliy hamda o’rta maxsus o’quv yurtida tahsil oluvchi shaxs.
Talaba-oliy hamda o’rta maxsus o’quv yurtida tahsil oluvchi shaxs.
Taktik qarorlar-ta’lim muassasi oldiga qo’yilgan tezkor, joriy maqsad va vazifalar ifodasi.
Takt-1) pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo’lib, o’quvchi yoki talabalar bilan muomala va munosabatda bo’lishda me’yorlarga rioya qilish odobi; 2) shaxsning axloqiy kamolot darajasini ko’rsatuvchi mezon.
Takrorlanadigan guruhlar-ma’lumotlar omborida muammoning qo’yilishi va ular yechimlarining topilishiga bog’liq holda guruhlanadigan va muammo yechimi topilguncha bir necha marta foydalanishga to’g’ri keladigan ma’lumotlar.
Takrorlash-o’quvchi va talabalar tomonidan avval idrok qilingan narsa va hodisalar, ularning obrazlari, bog’lanish munosabatlarini esga tushirishdan iborat jarayon; avval o’zlashtirilgan bilimlar bilan yangilari orasida hosil qilinadigan bog’lanishlar jarayoni.
Tayyorlov sinflari-1-sinfga bolalarni qabul qilishdan avval ularni maxsus tashkil etilgan sinflarda o’qitish shakli.
“Tajriba vositasida o’qitish tsikli” metodi (D.Kolb g’oyasi)-reflektiv kuzatish, abstract xulosalash (kontseptuallash), tajriba vositasida o’qish tsikli, faol tajriba olib borishga tayyorlanish, aniq tajriba o’tkazish kabi metodlar turkumi.
Tajriba-pedagogik voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni.
Tadqiqot metodi-1) bilimlarning ijodiy qo’llanishini ta’minlash metodi; 2) ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida ularning o’zlashtirilishiga qaratilgan metod.
Tadqiqotchi-ilmning u yoki bu sohasida tadqiqot ishi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis.