Tiniqlik (shaffoflik)
Tiniqlik (shaffoflik) – muhitning (atmosfera, suv, materiya va boshqalar) ko’rinadigan yorug’lik, radio to’lqinlar, tovush va boshqalarni o’tkazish qobiliyatining xarakteristikasi.
Tiniqlik (shaffoflik) – muhitning (atmosfera, suv, materiya va boshqalar) ko’rinadigan yorug’lik, radio to’lqinlar, tovush va boshqalarni o’tkazish qobiliyatining xarakteristikasi.
Tindirish chuquri – oqova suvlar to’planadigan (hovuz yoki rezervuar) va birlamchi tozalash (tindirish jarayonida) joyi.
Tindirmoq (tinitmoq) – shaffof qilish, loyqa, begona moddalarni cho’ktirish.
Tindirgich hovuz – allyuvium jarayonida mayda tuproq zarralarining cho’kindiga tushishi natijasida pulpa tiniqlangan idish.
Tindirgich – gidrouzellarda, irrigatsiya suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari tizimida oqim tezligi pasaytirilgan holda koagulyatsiya qilish va tindirish yo’li bilan suvni tiniqlashtirish uchun inshoot. Masalan: tik tindirgich, ikkilamchi tindirgich, qo’sh … Read More
Tim – usti yopiq bozor, baland tom bilan (ko’pincha gumbaz bilan) berkitilgan rasta. Buxoroda Abdullaxon timi (XVI-asr) saqlanib qolgan.
Tilog’och – ignabarglilarga mansub daraxt.
Tilmoq (yormoq, bo’lmoq) – bo’linish, uzunlamasiga chiziq bo’ylab ikki yoki undan ortiq qismlarga bo’linish.
Tillakori – tilla bilan bezatilgan, zarhallangan. Samarqanddagi madrasaning nomi.
Tilingan joy (tilish, kertish) – kesilgan joy.