Terassa
Terassa – rafaqda joylashgan yozgi xona, xonalar yoki o’choq boshida dam olish uchun o’ralgan maydoncha.
Terassa – rafaqda joylashgan yozgi xona, xonalar yoki o’choq boshida dam olish uchun o’ralgan maydoncha.
Terrakota – ko’proq qizil va sariq rangda uchraydigan g’ovakli sopoldan tayyorlanadigan glazurlanmagan keramik buyumlar. Arxitekturaviy terracotta bel bog’simon tortqilar, naqshinkor tortqilar, karnizlar, kronshteynlar, ustunlar kapitellari, barelyeflar va fasadlarning boshqa elementlari … Read More
Termostrukturali panel – ko’piklashtirish usuli yordamida yopishqoq polistrioldan tayyorlanadigan panel. Mikrog’ovaklar hosil bo’lishi natijasida olinadigan bu panellar o’zida havo bilan to’lgan kichik polostlarni mujassamlashtiradi.
Termostat – haroratni mutadil saqlab turadigan asbob.
Termopara – issiqlik uzatuvchi moslama.
Termoregulyator – harorat rostlagich.
Termoplastik – issiqlik saqlovchi xom ashyo.
Termometr – turli jism va muhitlar (havo, tuproq, suv va boshqalar) haroratini o’lchaash uchun o’lchash moslamasi.
Termograf – havo, suv va boshqalar haroratini doimiy ravishda qayd etish uchun qurilma. Termografning sezgir elementi bimetalik plastinka, suyuqlik termometri yoki qarshilik termometri bo’lishi mumkin.
Termozitobeton – issiqlikka chidamli beton.